Institutning talabalar turar joyida yashayotgan talabalariga pishirilgan tuxumlar tarqatildi

 

Institutning talabalar turar joyida yashayotgan talabalariga pishirilgan tuxumlar tarqatildi

Xalqimizda sahovatpeshalik, o‘zgalarga yordam ko‘rsatishdek yaxshi udum bor. Ushbu anʼanaga sodiq qolingani holda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida ham qator xayrli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Institutning talabalar turar joyida yashayotgan talabalariga pishirilgan tuxumlar tarqatildi

Institut rahbariyati, dekanlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar turar joyida yashaydigan o‘g‘il-qizlarga bepul yog‘, kartoshka, piyoz non singari oziq-ovqat mahsulotlari olib kelib tarqatildi. Institut rektori Ibrohim Yo‘ldoshevning bevosita tashabbusi bilan qator yillardan beri har oyning oxirgi juma kuni ushbu talabalar uchun doshqozonlarda osh damlanib, oshni bepul tarqatish ham anʼana tusini olgan.

Institutning talabalar turar joyida yashayotgan talabalariga pishirilgan tuxumlar tarqatildi

Ushbu xayrli ishlar davom ettirilmoqda va ular talabalar tomonidan eʼtirof etilib kelinmoqda. Yaqinda Qashqadaryo viloyatidan shu yerda o‘qiydigan nevarasini ko‘rishga kelgan Hanifaxon Kenjayeva tomonidan ham ushbu xayrli tadbir eʼtirof etilib, Hanifaxon Kenjayeva institut rektori Ibrohim Yo‘ldoshevga o‘g‘il-qizlarga ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘lik uchun rahmat aytgan edi. Barcha musulmon olami uchun muqaddas sanalgan ramazon oyida ushbu anʼanaga sodiq qolingani holda yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshevning tashabbusi bilan bugun institutning har ikkala talabalar turar joyida yashayotgan 550 dan ortiq talabaning barchasiga pishirilgan tuxumlar tarqatildi. Iftorlik dasturxoni uchun ulashilgan ushbu neʼmatdan shu yerda istiqomat qilayotgan barcha bahramand bo‘ldi.

Institutning talabalar turar joyida yashayotgan talabalariga pishirilgan tuxumlar tarqatildi

Oldinda esa institutda o‘qiyotgan talabalarni ana shunday xush yoquvchi syurprizlar kutyapti. Bundan keyin ham institut rahbariyati shu yerda istiqomat qilayotgan 550 nafardan ortiq o‘g‘il-qizning dasturxoni ko‘rkiga-ko‘rk, ularning ko‘ngillariga xush kayfiyat ulashuvchi ushbu xayrli tadbirni anʼanaviy tarzda davom ettirishni niyat qilishgan. Navbatdagi syurprizning nimaligini esa talabalar keyingi iftorliklarda bilishadi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print