INSTITUT REKTORI BILAN OCHIQ DARS

INSTITUT REKTORI BILAN OCHIQ DARS

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida rektor, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev tomonidan “О‘zbek kitobat san’ati” mavzusida ochiq dars mashg‘ulotlari о‘tkazildi.


Dars davomida о‘zbek milliy xattotlik san’ati, qog‘oz tayyorlashdagi tarixiy ananalar va ularning dunyo qog‘oz tayyorlash sanoatidagi о‘rni, bugungi kunda bu borada qilinayotgan ishlar xususida fikrlar tinglandi.


Yakunda ishtirokchilar – xalq ijodiyoti fakulteti talabalari tomonidan ham kitob tayyorlash san’ati va sanoati xususida fikrlar bildirildi.
Dars jarayoni MTRK “Yoshlar” telekanali tomonidan efirga uzatildi.

 

О‘zDSMI Axborot xizmati