INGLIZ TILIDA OCHIQ DARS BО‘LIB О‘TDI

INGLIZ TILIDA OCHIQ DARS BО‘LIB О‘TDI

Zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalar yoshlar potensialini oshirishga xizmat qiladi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Estrada rejissyorligi” 1-kurs talabalari “Tillar va adabiyot” kafedrasi о‘qituvchisi Gulnoza Aripovaning xorijiy til darsidan dunyoga mashhur “Qizil qalpoqcha” ertagini ingliz tilida sahnalashtirishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

“The red riding hood” ertagida kursning mahoratli talabalari о‘ziga xos rollarni ijro etishdi, ochiq dars a’lo kayfiyatda о‘tdi.
Mazkur jarayon 1-kursda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning ijodiy mahoratini kо‘rsatibgina qolmay, balki kо‘proq mutaxassislik kafedralari bilan о‘zaro hamkorlikda ishlash, kelgusida о‘zbek san’atini xorij davlatlariga namoyon eta oladigan ingliz tilidagi sahna va ekran asarlari soni ortishiga turtki bо‘ladi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonidagi jahon standartlarining ham eng muhim talabi yoshlarning xorijiy tillarni chuqur egallashlari hamda о‘z mutaxassisliklari va ijodi bilan xalqaro maydonga chiqa olishlaridir.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

“Tillar va adabiyot” kafedrasi о‘qituvchisi Gulnoza Aripova bu borada anchagina mas’uliyatli, innovatsion texnologiyalar, kreativ loyihalar yaratishda ham faol bо‘lib, ilmga chanqoq, iste’dodli talaba-yoshlarni ingliz tilini mukammal egallashlari yо‘lida fidoyi mehnat qilib kelmoqda.
Mana shunday tadbirlar soni ortaversin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print