Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi

Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev olib bordi.
Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi
Ta’kidlandiki, bu yil oldimizda ikkita muhim siyosiy jarayon turibdi. Ular mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi tantanalari hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentligigi saylovlar jarayonidir. Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami tantanalarida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi, talabalari ham ishtirok etadi. Bu esa barchamizga kattta mas’uliyat yuklaydi.
Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi
Shundan kelib chiqilgani holda ushbu tadbirga tayyorgarlik jarayonlariga mas’ul rahbarlarning hisoboti tinglandi. Talabalar uchun zarur bо‘lgan barcha sharoitlarni yaratish, ularni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash borasida kо‘rsatmalar berildi. –“Barcha rahbarlar, mas’ullar vatan oldidagi burchini dildan his qilib, fidoyilik kо‘rsatayotgan ana shunday har bir talabaga xuddi о‘z farzandidek munosabatda bо‘lishi, ularga mehr kо‘rsatishi, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashi kerak”,-dedi Ibrohim Yо‘ldoshev kengash yig‘ilishida.
Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi
Yig‘ilishda bu yil mamlakatimizda bо‘lib о‘tadigan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga kechayotgan saylov, mazkur jarayonlarda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti zimmasida turgan vazifalar muhakama qilindi. Saylovni yuqori saviyada о‘tkazish uchun institut jamoasi tomonidan targ‘ibot, tashviqot ishlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni dildan his qilgan holda tashkil etish borasida kerakli tavsiyalar berildi.
Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etyapti. Mazkur jarayonlar barcha talablar asosida ochiqlik, oshkoralik, adolat mezonlari asosida tashkil etilgan. Imtihonlarni tugashiga ham sanoqli kunlar qoldi. Institut rektori tomonidan bundan keyin ham ishni shu tarzda davom ettirish kerakli ta’kidlandi.
Yig‘ilishda shuningdek, yangi о‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi kо‘rib chiqildi.Bunda amalga oshirilishi lozim bо‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.
Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi
Navbatdagi masala talaba va professor-о‘qituvchilar о‘rtasidagi munosabatlar bо‘ldi. 2020-2021- yilgi о‘quv jarayonlari onlayn va oflayn tarzda о‘tdi. Bu esa talabalarga mukammal bilim berishda о‘ziga xos murakkabliklarni keltirib chiqarganligini barcha kо‘rib turibdi.
–“Shulardan kelib chiqilgani holda talabalarni qо‘llab -quvvatlash kerak, ularga kо‘makdosh bо‘lishimiz kerak,” -dedi institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishida. –“Har bir professor-о‘qituvchi talabaga mehr berib, haqiqiy ma’noda “ustoz” degan ulug‘ degan maqomga sazovor bо‘lishi, talabalarning mehrini qozonishi kerak,”-dedi institut rektori.
Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi
Ilmiy kengashda vaksinatsiya jarayonlariga e’tibor qaratildi. Xabaringiz bor, yaqinda mehnat kodeksining ayrim moddalariga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritildi. Ushbu kodeksning 113-moddasida xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bо‘lganda bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan о‘tishni rad etsa (qarshi kо‘rsatma mavjud bо‘lmaganda), ish beruvchi uni ishga qо‘ymaslikka haqli ekanligi belgilab qо‘yilgan. Mazkur qonunchilik asosida 1-sentabrdan boshlab О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham qat’iy choralar kо‘riladi. Vaksina olmaganlar institut hadudiga kiritilmaydi,-deyildi yig‘ilishda.
Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi
Vaksina olgan, ya’ni о‘zi va yaqinlari, atrofidagilarning sog‘ligiga jiddiy qarab, emlashdan о‘tgan talabalar uchun davlatimiz tomonidan imtiyozlar berilgan. 2, 3, 4-bosqich talabalariga shartnoma tо‘lov pullarini tо‘lashda 10 foiz miqdorida chegirma beriladi.
Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi
Joriy о‘quv yilidan boshlab 1-bosqich talabalari uchun kredit modul tizimiga о‘tiladi. Yig‘ilishda shundan kelib chiqilgani holda barcha professor-о‘qituvchilarning mazkur jarayonga tayyorgarlikni boshlashlari aytildi.
Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi
Shuningdek, ilmiy kengash yig‘ilishida yaqinda bо‘lib о‘tadigan attestatsiya jarayonlariga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi. Mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Ilmiy kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishida mavzuga doir boshqa masalalar ham kо‘rib chiqildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print