ILM SAODATI

ILM SAODATI

Ilm-u ma’rifat olib, ma’naviy barkamollik sari intilib yashagan insonning martabasi ulug‘ bо‘lajak. О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi professori Jо‘ra Mahmudov о‘zlarining yangi “Toshxо‘ja Xо‘jayev” nomli monografiyasini yaratdilar.

ILM SAODATI
Ustoz 1942 yilda Toshkentda tavallud topgan. Bolaligidan teatr san’atiga bо‘lgan qiziqish kuchli edi. Avvalgi Toshkent teatr va rassomlik institutining rejissyorlik ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha tamomlaganlar. О‘z ijodiy faoliyatini respublika radio va televideniyesida boshlab, sо‘ngra institutga ishga kelganlar. Jо‘ra Mahmudov pedagoglik bilan bir qatorda ilmiy-ijodiy izlanish olib borib, “Aktyorlik mahorati”, “О‘zbekiston teatrlari”, “Rejissura asoslari”, “Sahna kompozitsiyasining alifbosi”, “Aktyor texnikasi” kabi darslik va о‘quv qо‘llanmalar yozganlar. Badiiy ijodda esa “Osmondan tanga yoqqan kun”, “Tomchi”, “Alifbodan boshlanar olam”, “Bir sо‘mga о‘ladigan ahmoq yо‘q” singari asarlar yaratganlar.

ILM SAODATI
Jо‘ra Mahmudovning “Toshxо‘ja Xо‘jayev” monografiyasi о‘zbek teatr san’ati darg‘alari bо‘lmish Mannon Uyg‘ur rejissurasini davom ettirgan professional ijodkorlardan biri Toshxо‘ja Xо‘jayev hayot va ijod yо‘liga bag‘ishlangan. Unda О‘zbek milliy akademik teatrining (avvalgi Hamza teatri) shu kungacha bosib о‘tgan tarixiy bosqichlari, sahnadagi jarayonlar, aktyorlik mahorati borasida sо‘z boradi. Shuningdek, о‘tgan asrda о‘zining kasbiy faoliyati bilan о‘zbek teatrshunoslik ilmiga katta hissa qо‘shgan olimlarning taqrizlari ham yoritiladi.

ILM SAODATI
Ustoz hozirda institutda aktyorlik mahoratidan saboq beradilar. Shu davrgacha yuzlab shogirdlar chiqardilar. Hozir ham talaba-yoshlar bilan doim muloqotga kirishadi, muqaddas sahna sirlari, aktyorlik texnikasining murakkab yechimlari, badiiy ijod poetikasi borasida qiziqarli darslar о‘tadilar. Yoshlarda mutolaa madaniyati yuksalishiga e’tibor qaratadilar.

ILM SAODATI
О‘z umri davomida ilm saodatiga erishgan Jо‘ra Mahmudovning yangi asari bilan chin qalbdan muborakbod etamiz, kelgusi ijod va ishlarida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

ILM SAODATI

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print