IJODKOR TALABALAR YANGI MILLIY SERIALNI TASVIRGA OLISH ISHLARINI BOSHLASHDI

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-3880-sonli qarorini ta’minlash, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish о‘rtasida innovatsion hamkorlik kо‘lamini kengaytirish maqsadida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi, Teatr san’ati fakulteti negizidagi barcha mutaxassislik kafedralari hamda “О‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi” hamkorligida yosh kinodramaturg Dostonbek Rahmatullayevning ssenariysi asosida, kinorejissyor Iqbol Meliqо‘ziyev ishchi nomi “Qadrdon” nomli komediya janridagi milliy serialning suratga olish ishlari boshlandi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Mazkur loyihada “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” va “Musiqali, dramatik va kino aktyorligi san’ati” kafedralari professor-о‘qituvchilari ta’limni mutaxassislik fanlari doirasida talabalarning о‘z sohasi bо‘yicha nafaqat nazariy, balki amaliy tajriba orttirish, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, innovatsion hamkorlikda media mahsulotni tijolatlashtirish, talaba-yoshlarda rejissyorlik, operatorlik, aktyorlik va boshqa mahoratlarni yanada rivojlantirish kabi ulkan maqsadlar kо‘zlangan.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Hozirda milliy serialni tasvirga olish ishlari rejia bо‘yicha kо‘hna Samarqand shahrida boshlandi. Ijodiy jamoa butun dunyo e’tiborida bо‘lgan tarixiy shaharning gо‘zal hududlarida yorqin voqealarni kinokameraga muhrlashmoqda.
“Qadrdon” nomli milliy serial voqealari tafsilotlari, tasvirga olish jarayoni hamda ijodiy jamoaning boshqa vakillari bilan tanishtirib boramiz! Ijodkorlarga omadlar tilaymiz!

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print