Ijod bо‘stoni

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Yо‘lchi Rо‘ziyev 1985 yil 30 noyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Jayraxona qishlog‘ida tug‘ilgan. Bir nafar farzandi bor. 2015 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini 2017 yilda О‘zbekiston Milliy universitetini Jurnalistika fakultetini magistratura bosqichini tamomlagan. Ijodkorning О‘zbekiston matbuotidagi gazeta, jurnal va ilmiy tо‘plamlarda 120 dan ortiq maqola va she’rlari chop etilgan. О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2013 yilda yosh ijodkor shoirlar о‘rtasida Respublika miqyosida о‘tkazilgan “Til – millat kо‘zgusi” nomli she’riyat tanlovida “Sehrli sо‘z sohibi” nominatsiyasi g‘olibligini qо‘lga kiritgan. 2014 yilda ilk “Qalbim malikasi” nomli she’riy tо‘plami chop etilgan.
Hozirda Yо‘lchi Rо‘ziyev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Tarmoq markazining “Qayta tayyorlash va ilg‘or tajribalarni joriy etish” bо‘limi boshlig‘i lavomizida faoliyat yuritadi. Yо‘lchi Rо‘ziyev ijoddan tо‘xtamay xalqimiz qalbidan joy oladigan bir qator she’rlarni yozib kelmoqda. О‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston xalq artisti Yulduz Usmonovani “Xasta bо‘lma” taronasi muallifidir. Endilikda ijodkorning “Sevgi izhori” nomli she’ri ham qо‘shiqqa aylantirilib, premyera qilindi. Bu haqda batafsil yoritib boramiz.

XASTA BО‘LMA
Seni hamma-hammadan yaxshi kо‘rib sevaman,
Bilib-bilmay ba’zida qalbing ozor beraman.
Xasta bо‘lib qolsang, gar aniq ado bо‘laman,
Kasal bо‘lma iltimos, sensiz nima qilaman.
Bizga baxtlar yarashadi armon emas,
О‘zga yorlar kulgulari darmon emas.
Boshqa birov sendek bо‘lolmas.
Xasta bо‘lma jonim ado bо‘laman,
Mendan oldin о‘lma ishon о‘lib bо‘laman,
Senga men zor bо‘laman,
Sensiz xor bо‘laman, azizim!
Xasta bо‘lma jonim ado bо‘laman,
Mendan oldin о‘lma ishon о‘lib bо‘laman,
Senga men zor bо‘laman,
Sensiz xor bо‘laman azizim!
Seni hatto о‘zgalar-u о‘zimdan ham qizg‘onib,
Yursam deyman seni har kun yuragim yonib.
Gohida men о‘zim rost sо‘zlardan ham tonib,
Kasal bо‘lma, iltimos yig‘layman sensiz qolib!
Xasta bо‘lma jonim ado bо‘laman,
Mendan oldin о‘lma ishon о‘lib bо‘laman,
Senga men zor bо‘laman,
Sensiz xor bо‘laman azizim!
Xasta bо‘lma jonim ado bо‘laman,
Mendan oldin о‘lma ishon о‘lib bо‘laman,
Senga men zor bо‘laman,
Sensiz xor bо‘laman azizim!

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Matbuot xizmati

image_pdfimage_print