HUJJATLI FILM TAYYORLASHDAGI MASHAQQATLAR XUSUSIDA

HUJJATLI FILM TAYYORLASHDAGI MASHAQQATLAR XUSUSIDA

Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida YUNESKOning yurtimizdagi vakolatxonasi hamda Fransiyaning О‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida yosh kino mutaxassislari uchun “Hujjatli film tayyorlash usullari” mavzusidagi terining ochilish marosimi tashkil etildi.

HUJJATLI FILM TAYYORLASHDAGI MASHAQQATLAR XUSUSIDA
Unda institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev, YUNESKO vakolatxonasi rahbari Fuad Pashayev, Fransiya echixonasi vakillari, professor-о‘qituvchilar hamda kо‘plab soha ustalari ishtirok etishdi.

HUJJATLI FILM TAYYORLASHDAGI MASHAQQATLAR XUSUSIDA
Trening О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori asosida, mamlakatimizda ajoyib ananalarga ega, о‘ziga xos tarixiy bosqichlardan о‘tib kelgan kino sohasini tahlil qilish hamda yoshlarni jahon kino san’atidagi yangicha uslub va yо‘nalishlardan xabardor qilish, ularning ushbu sohadagi bilim va tajribalarini oshirish maqsadida о‘tkazilmoqda.

HUJJATLI FILM TAYYORLASHDAGI MASHAQQATLAR XUSUSIDA

HUJJATLI FILM TAYYORLASHDAGI MASHAQQATLAR XUSUSIDA
Seminar-trening davomida fransiyalik mashhur rejissyor, hujjatli filmlar ustasi Lyuk Toven tomonidan 35 nafar yosh mutaxassis hamda professor-о‘qituvchilarga sohaning murakkabliklari, sir-sinoatlari innovatsion uslubdagi dars jarayonlari hamda amaliy vositalar yordamida tushuntirib beriladi.
Trening 8 iyuldan 12 iyulga qadar davom etadi.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print