“Hayot sahnasida о‘ynamoq – san’at!”

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Teatr – xos san’at, jahon klassik asarlarining yorqin ifodasi, talqini va betakror ijrolari sanoqsiz qalblarni armug‘on etib, qalblarni larzaga soladi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi professori Temur Rashidov rahbarligida “Estrada aktyorligi san’ati” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabalarining taniqli italiyalik yozuvchi Karlo Gotsi asari asosida “Turandot” spektakli namoyish etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Inson qismati va undagi baxtli, ammo ayanchli, betakror, ammo bemavrid, yorqin, ammo shafqatsiz, g‘aroyib va beqiyos, sirli va sinovli lahzalarni mujassamlashtirgan mumtoz “Turandot” spektakl-fantaziyasi zamonaviy talqinda taqdim etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Kurs talabalari Nigora Ochilova, Dilmurod Xudoyberdiyev, A’loxon Sodiqova, Tohirjon Choriyev, Shohzod Boltaboyev, Akramjon Qо‘chqorov, Xurshid Navrо‘zov, Jaloliddin Yuldashev, Dilshodjon Ramazonov va boshqalar о‘ziga xos rollarni ijro etishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Spektaklda tanlangan liboslarning falsafiy ma’noga ega ekanligi, aktyorlarning sahnaviy rekvizitlardan foydalanishi asar g‘oyasiga xizmat qilgan. Ayniqsa, sahnaviy makon kompozitsiyasining mukammalligi, ta’sirli musiqa va chiroqlarning tanlovi personajlar xarakterini yanada yorqin aks ettirdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Asarni О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi, dotsent Isoqtoy Jumanov tarjima qilgan. Aktyorlik mahorati fani о‘qituvchisi Shavkat Rasulov, raqs fani о‘qituvchisi Narziddin Shermatov, sahna nutqi fani о‘qituvchisi Maxsuma Xojimatova, vokal fani о‘qituvchilari Sherzod Pirmatov, Erkin Rahimov, plastika ustasi Sardor Mannonov, grimyor Feruza Jalilova, chiroq ustasi Samandar Tursunov va boshqa mutaxassislarning professional tajribasi sahnada namoyon bо‘ldi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
“Turandot” spektakli iliq kutib olindi, davomiy olqishlar, hayqiriqlar tinmadi. Mazkur teatr tomoshasi institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev, hamda kurs rahbari, professor Temur Rashidov boshchiligida kelgusida xalqaro gastrollarga borish arafasida, ijodkorlarga omadlar tilaymiz!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print