HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Ijodiy yutuqlar va о‘zaro dо‘stona munosabatlar yorqin maqsadlarning amaldagi jarayonlarini ta’minlaydi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Fransiya elchixonasidan maxsus “A-MEDIA” jamoat birlashmasining mutaxassislari tashrif buyurishdi hamda О‘zbekiston va Fransiya о‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini yanada kuchaytirish, san’at va madaniyat sohalarida kо‘plab yutuqlarga erishish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.


Tashrif chog‘ida “Voix du Poulpe” teatr kompaniyasining aktyorlari Rafael Kallandro va Jyuli Otisye, chiroq ustasi va ovoz rejissyori Tibo Marshesso faol ishtirok etishib, institut talaba-yoshlar uchun maxsus mahorat darslari о‘tishdi.

Fransiyalik mutaxassislar ilg‘or xorij tajribasi, zamonaviy innovatsiyalar, kreativ texnologiyalar, teatr va kino san’atidagi yangicha о‘zgarishlar borasida ma’lumotlar berishdi. Institut professor-о‘qituvchilari Ernazar Yorbekov hamda Iqbol Meliqо‘ziyev boshchiligida mehmonlar innovatsion auditoriyalar bilan tanishtirildi. Shuningdek, moddiy texnik baza imkoniyatlari va yetishtirilayotgan yosh kadrlar salohiyati о‘rganildi. Talaba-yoshlar о‘zlarini qiziqtirgan savollarni о‘rtaga tashlab, kerakli mulohazalar bildirildi.


Institutimizda mana shunday hamkorlik istiqbollari kо‘zlangan uchrashuvlar va tashriflar soni bardavom bо‘lajak. Barchaga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot kotibi