G’oliblar taqdirlandi

G'oliblar taqdirlandi
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida xalqaro miqyosda о‘tkazilgan tanlov hamda respublikamizda tashkil etilgan mintaqaviy seminarda muvoffaqiyatli qatnashganlarni taqdirlash marosimi bо‘lib о‘tdi.
G'oliblar taqdirlandiG'oliblar taqdirlandi
Xabaringiz bor, qator yillardan beri mamlakatimizda О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda “Zomin seminari-2021” mintaqaviy anjumani о‘tkazib kelinadi. Ushbu seminarda institimizning 5 nafar talabasi muvаffaqiyatli ishtirok etdi.
G'oliblar taqdirlandi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev bugun ushbu seminarda g‘oliblikni qо‘lga kiritgan, institutimizning faxri bо‘lgan yosh ijodkor talabalarimiz Madaniyatshunoslik mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Jumagul Nishonovaga dramaturgiya yо‘nalishida, “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi” ta’lim yо‘nalishi 4-bosqich talabasi Feruza Tursunxо‘jayevaga dramaturgiya yо‘nalishida, “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 4-bosqich talabasi Shahboz Fayzullayevga she’riyat yо‘nalishida g‘olib bо‘lganligi uchun О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining qimmatbaho sovg‘alari, institutimizning tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi. Mazkur mintaqaviy anjumanda “Kino tanqidi va tahlili” ta’lim yо‘nalishi 4-bosqich talabasi Suxrob Qodirov hakamlar hay’ati a’zosi, “Ashula va raqs” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Rustam Yigitaliyev esa hamkor tashkilot vakili sifatida qatnashdi. Institutimizning ushbu ikki vakili ham qimmatbaho sovg‘a va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olayotgan 3 nafar talabaning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan alohida e’tirof etilib, “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida chop etiladigan bо‘ldi.
G'oliblar taqdirlandi
Avval xabar berganimizdek, 2021-yilning 9-iyun kuni Portugaliyaning Lissabon shahrida Xalqaro “Euro Media Star Group” professional tashkiloti, International Academy of Culture and Art va FRENCH LANGUAGE AND TOURISM ACADEMY | PARIS • LA RÉPUBLIQUE FRANÇAISE departamenti tomonidan “The best music teacher” Xalqaro tanlovi о‘tkazilgan edi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti “Folklor va etnografiya” kafedrasi mudiri Isayev Kamoliddin Saidovich va ushbu kafedra о‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi Davronov Bekzod Diyor о‘g‘li mazkur Xalqaro tanlovda faol ishtirok etishdi.
G'oliblar taqdirlandiG'oliblar taqdirlandi
Tanlov 5 ta nominatsiya bо‘yicha bо‘lib о‘tdi. Tanlov natijalariga kо‘ra, Isayev Kamoliddin Saidovich va Davronov Bekzod Diyor о‘g‘li Xalqaro tanlovning “The world’s best teacher” nominatsiyasida lauriyatlikni qо‘lga kiritishdi va “Dunyoning eng yaxshi о‘qituvchilari” yо‘nalishida g‘olib deya e’tirof etildi. Bugun institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev Isayev Kamoliddin hamda Davronov Bekzodga ushbu xalqaro tanlovda g‘oliblikni qо‘lga kiritganligi tо‘g‘risidagi maxsus diplom, medal, sertifikat, shuningdek, Madaniyat vazirligi hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tashakkurnomalarini tantanali ravishda topshirdi.
G'oliblar taqdirlandi
Shu yerning о‘zida О‘zbekiston kino san’atining о‘tmishi, bugungi kuni tо‘g‘risida muloqot bо‘lib о‘tdi. “Zomin seminari-2021” mintaqaviy seminari g‘oliblari bо‘lgan talabalar tomonidan she’rlar о‘qildi, ashulalar ijro qilindi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print