Fransiyaning Nays Sofiya Antipolis Universitetining falsafa fanlari doktori Silvayn Roy ishtirokidagi master-klass

O'zDSMI, ГИИКУз, dsmi.uz

2019 yil 11 oktabr kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Fransiyaning Nays Sofiya Antipolis Universitetining falsafa fanlari doktori Silvayn Roy tashrif buyurdi. Silvayn О‘zDSMI qoshidagi professor-о‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari va talabalar uchun Etno musiqa bо‘yicha Master-klass о‘tib berdi. Silvayn Roy Master-klassni Etno musiqa nazariyasi bо‘yicha boshladi. Chet el va о‘zbek musiqasidagi о‘xshashlik va farqlar haqida misollar bilan tushuntirdi. Tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Master-klass davomida Fransiyalik mehmon qashg‘ar rubobga qiziqishini va rubob bо‘yicha olib borgan tajriba va bilimlarini bо‘lishdi. Hayratlanarlisi shundaki, Silvayn rubob chalishni ham о‘rgangan ekan. Master-klass davomida u tinglovchilarga rubob chalib berdi. Fransiyaliklarning о‘zbek cholg‘u asboblariga bо‘lgan qiziqishi yurtimiz san’atining butun dunyoga tanilmoqda ekanligidan darak beradi. Silvayn kelajakda institutimiz bilan hamkorlikni rivojlantirish istagi bor ekanligini aytib о‘tdi.
O'zDSMI, ГИИКУз, dsmi.uz

image_pdfimage_print