FIDOYI INSONLARNING MEHNATI

FIDOYI INSONLARNING MEHNATI

Mutolaa lazzati har bir insonning ma’naviy ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Kitob о‘qish, ilm olish, dunyoviy yangiliklardan boxabar bо‘lish, axborotlarni uzluksiz qabul qilib yashash – bugungi asrimizning global hayot tarziga aylandi.

FIDOYI INSONLARNING MEHNATI

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talaba-yoshlar, professor-о‘qituvchilarning yanada kengroq ilm egallashi, badiiy mutolaadan qolaversa, butun jahonda yuz berayotgan muhim yangiliklardan bahramand bо‘lishlari uchun institut hududida Axborot resurs markazi xolis xizmat qilib kelmoqda. ARM О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi 3271-sonli qarori asosida ish faoliyati olib bormoqda. Hozirgi kunda ARM fondi 13702 nomda 83563 nusxadagi adabiyotlarni tashkil etadi.

FIDOYI INSONLARNING MEHNATI

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan bо‘lib о‘tgan uchrashuvida Fanlar Akademiyasi akademigi Aziz Qayumovning kutubxonashunoslik yо‘nalishiga bо‘lgan talab va taklifiga binoan yosh kutubxonachi kadrlar tayyorlash maqsadida institutda о‘tgan yili “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yо‘nalishiga 50 ta talaba, joriy yili esa 150 ta talaba qabul qilindi. Bu kо‘rsatkich yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan muhim e’tibor hamda insonlarning intellektual darajasini yuksaltirishdagi qilinayotgan muhim ishlar samarasi hisoblanadi.

FIDOYI INSONLARNING MEHNATIFIDOYI INSONLARNING MEHNATI
Hozirda ARM zarur jihozlar, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan tо‘liq ta’minlangan. Shuningdek, 17 ta kompyuter, 4 ta skaner, 5 ta printer va 4 ta nusxa kо‘chiruvchi texnik jihozlar barcha kitobxonlarga xizmat qilib kelmoqda. Binoda ichki tarmoq mavjud hamda kompyuterlar internet (Wi-Fi) tarmog‘iga ulangan. Kitobxonlar muntazam ravishda internetdan foydalangan holda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarining ARMlaridan, institut ARMning elektron katalogidan adabiyotlar qidirib topishlari, zarur elektron resurslardan foydalanishlari, istalgan axborotlarni izlab topishlari mumkin. Axborot-elektron resurslar bо‘limida institut professor-о‘qituvchilarning о‘quv qо‘llanmalari, darsliklar, о‘quv-uslubiy majmualar, ilmiy-publitsistik maqolalarning elektron nusxalari hamda imkoniyati cheklangan kо‘zi ojiz kitobxonlar uchun audio kitoblar mavjud. Bundan tashqari, Web of Science, Scopus, Dirt Science xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan impakt faktori yuqori bо‘lgan nufuzli chet el ilmiy jurnallaridan ham foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

FIDOYI INSONLARNING MEHNATI
Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev hamda ARM rahbari Zebuniso Abdug‘aniyeva boshchiligida, institut Ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi, Xotin-qizlar kengashi, mutaxassislik kafedralar hamda iqtidorli ijodkor talaba-yoshlar bilan birgalikda kо‘plab tadbirlar, kitobxonlik seminarlari, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari о‘tkazib kelinmoqda. Bularning barchasi talaba-yoshlar ma’naviyatini boyitish, ichki madaniyatini yanada gо‘zallashtirish, dunyoqarashlarini kengaytirishda va eng asosiysi, kitobga mehr qо‘yishlarida muhim qadamlardandir. ARMda Jumagul Allayorova, Naima Abdunazarova, Nigora Boltaboyeva, Fotima Tasheva, Alla Parlapani, Samiya Salimova, Surayyo Ganjiyeva singari malakali kadrlar faoliyat yuritib, о‘zaro ahil jamoani tashkil etishgan.
ARMda vaqtli matbuot nashrlari uchun ham salmoqli darajada obuna tashkil qilingan bо‘lib, har haftada 31 nomda 57 nusxada gazeta-jurnallarning yangi sonlari yetkazib beriladi. San’at va madaniyat sohalarida о‘qib, ilmiy-tadqiqot ishi olib borayotgan magistrantlar, yosh olimlar, doktorantlar uchun о‘z salohiyatlarini namoyon etishlari, bilim darajasini kо‘tarishlari uchun matbuot xizmatining о‘rni yuqori ekanligi hamda mutolaaning ta’minlanganligi ijobiy natijalar berib kelmoqda.
Mazkur ilm dargohi О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus talim vazirligi tizimidagi ARMlar hamda barcha kollej va litseylarning ARM xodimlariga vakolat doirasida amaliy va uslubiy yordam kо‘rsatib keladi. Shu bilan birga, Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi, “Turon” nomli Toshkent viloyati Axborot kutubxona markazi, Respublika Bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda ish olib boriladi.
Yangi kitoblar, jahon adabiyotining sara namunalari ARMning bibliografiya bо‘limi tomonidan har chorakda nashr qilinadigan maxsus “Axborot byulleteni” orqali institut ilmiy kengashida va fakultetlar yig‘ilishida muntazam ravishda tanishtirib kelinmoqda.
Ilm olish, tezkor ravishda zaruriy axborotlarni qabul qilib, yangi davr bilan ham nafaslikda yashash sharti – insonni har doim axborot izlashga, kitob varaqlab, gazeta va jurnal о‘qishga, internetdan foydalanishga majbur etadi. XXI asr – axborot asri ekan, yuqoridagi majburiyatni tо‘liq anglagan holda, о‘z burchini ado etayotgan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ARMning fidoyi xodimlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Dostonbek RAHMATULLAYEV

image_pdfimage_print