EZGU AMALLAR SARI

EZGU AMALLAR SARI

Shu kunlarda Islom olamining musharraf ramazon oyi munosabati bilan atrofimizda qator hayrli va ezgu amallar yuz ochayotgani kuzatilmoqda. Insoniylikning oliy aqidalari о‘zining gо‘zal ibratlari bilan odamlar qalbiga ma’naviy qadriyatlar nuri bо‘lib yog‘du sochayotgan bu oyda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ijodiy jamoasi ham ta’lim-tarbiya ishlariga yanada jiddiy e’tibor qaratmoqda.
Xususan “Teatr san’ati” fakultetida san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor vazifasini bajaruvchisi Rashidov Temur Mahmudovich va katta о‘qituvchi Rasulov Shavkat Shuxratovich rahbarligida 2- “Estrada aktyorligi san’ati” talabalari ustozlari bilan yakshanba kunida shahrimizning Shayhontoxur tumanidagi “Chig‘atoy” qabristoniga ziyorat uchun tashrif buyurdilar.

EZGU AMALLAR SARI
Avvalo, о‘zbek milliy teatri, kino san’ati va madaniyatiga ulkan hissa qо‘shgan buyuk siymolar Abror Xidoyatov, Shukur Burxonov, Nabi Rahimov, Mamajon Rahmonov, Shuhrat Abbosov, Yayra Abdullayeva va boshqa insonlar ruhi poklariga tilovat qilindi. Sо‘ngra buyuk ijodkorlar bosib о‘tgan yorqin ijodiy yо‘li xususida talabalarga mufassal ma’lumot berildi.

EZGU AMALLAR SARI
– Bu kunning mazmuni alohida e’tiborga loyiq. Bu biz va talabalarimiz qalbida sahovat, e’tiqod, mehr-muruvvat tuyg‘ularini mustahkamlaydi, – dedi Temur Rashidov u bilan suhbatlashganimizda. – О‘z о‘rnida qalblarida ijodkor shaxs bо‘lish orzusidagi har bir talabaning tanlagan kasbi mashaqqatlari yо‘lida komil ishonch va iroda bilan ijod qilishi omillaridan biri bо‘lib qolishiga umid va ishonch hosil qildik.

Isoqtoy JUMAYEV,
О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi

image_pdfimage_print