Erkin muloqot

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Yaxshi о‘qish va a’lo darajadagi axloq yoshlarimizni jamiyatdagi о‘rnini yuksaltiradi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev Xalq ijodiyoti fakulteti “Kutubxona va axborot faoliyati” ta’lim yо‘nalishi 1-kurs talabalari bilan uchrashdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Institut rahbari о‘z faoliyati davomida har bir ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan suhbatlar о‘tkazib, ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklar, mamlakatimiz ijtimoiy-madaniy sohasidagi turli yangiliklar borasida sо‘zladilar. Аyni paytda korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan yoshlarimizning ongi va qalbida adolat mezonining shakllanishi о‘ta muhim о‘rin tutadi. “Kutubxona va axborot faoliyati” ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalar doimo halollik mezoniga amal qilishlari, mutolaa madaniyatini oshirib, kelgusida kо‘plab innovatsion tashabbuslarni amalga oshirishlari lozim.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Ibrohim Yuldashev barcha talabalar bilan erkin muloqotida ularning taklif va mulohazalarini tinglab, о‘quv yili davridayoq yoshlarning professional ta’lim olishi, aqlan va jismonan faol bо‘lishlari uchun zarur sharoitlar yaratilganini ta’kidladilar. Endilikda talabalar ana shu imkoniyatlardan tо‘laligicha foydalana olishadi. Talabalarga о‘qish va ijodiy jarayonlarda omadlar tilaymiz.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print