DOKTORANTLAR ILMIY MARKAZI

DOKTORANTLAR ILMIY MARKAZI

О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida ilmiy salohiyatga bо‘lgan e’tibor va talab kundan kunga ortib bormoqda. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham doktorantura ta’lim tizimi yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib, hozirda muhim tashabbuslar, ilmiy tadqiqotchilikka oid turli faoliyatlar, kreativ va innovatsion loyihalar ustida qizg‘in ish olib borilmoqda.

DOKTORANTLAR ILMIY MARKAZI
Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Gо‘zal Xoliqulova boshchiligida Doktorantlar ilmiy markazi tashkil etilgan. Hozirda har oy doktorantlar о‘zlarining ilmiy faoliyati yuzasidan hisobotlar topshirishadi, shuningdek, amaliy jarayonlar borasida brifinglar tashkil etiladi. Yetakchi xorij mamlakatlarining ilmiy potensiali о‘rganiladi. Respublika va xalqaro doiradagi ilmiy-amaliy konferensiyalarga tayyorgarlik kо‘riladi.

DOKTORANTLAR ILMIY MARKAZI
Doktorantlar ilmiy markaziga magistrant talaba-yoshlar tashabbusi bilan turli xona gullari qо‘yildi. Ilmning bо‘lajak izlanuvchilari endi doktorantura ta’lim tizimi borasidagi barcha ma’lumotlarga ega bо‘lishadi. Markazda barcha zaruriy jihozlar, moddiy-texnik ta’minot yо‘lga qо‘yilgan, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari ishlab turadi. Ilmiy va badiiy kitoblarning sara nusxalari olib kelingan.

DOKTORANTLAR ILMIY MARKAZI
San’at va madaniyat sohalaridagi ilmiy izlanuvchilik muhim bosqichlarni о‘ziga qamrab oladi. Oliy ta’lim muassasasidagi teatr va kino san’ati yо‘nalishlaridagi barcha doktorantlar shijoat bilan izlanishmoqda. Bо‘lg‘usi ilm egalariga omadlar tilaymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print