DOKTORANTLAR BILAN MULOQOT

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Tojikiston Respublikasi Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat madaniyat va san’at institutidan Rajabmad Amirov, Firuz Ulmasov tashrif buyurishgan. 20 fveral kuni mutaxassislar istitut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Gо‘zal Xalikulova boshchiligida doktorantlar bilan uchrashishdi. Mazkur uchrashuvda professor-о‘qituvchilar Antonino Kosheleva, Saboxat Xaytmatova, О‘tkir Islomov, Baxtiyor Yakubov, Matluba Isoqova, shu bilan birga tayanch doktorantura, mustaqil tadqiqotchilar hamda magistrantlar ishtirok etishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Ochiq muloqotda xalqaro aloqalar, dissertatsiya himoyalarining sifatini kо‘tarish, festival va forumlar tashkil etish, talabalar va doktorantlar konferensiyasini xalqaro darajaga kо‘tarish masalalari muhokama qilindi. О‘zaro taklif-mulohazalar bildirildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Ayniqsa, yuqori maqsadlarni amalga oshirishda moliyaviy ehtiyojlar, moddiy ta’minotlar savol tariqasida tashlandi. Professor-о‘qituvchilarni ham qiynayotgan muammolarga yechim topish yuzasidan takliflar ishlandi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print