DО‘STLIK VA BIRODARLIK TARANNUMI

Ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni farovonlikka yetaklaydi. Poytaxtimiz Toshkentda qad rostlagan Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasida Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov asarlarida madaniyat va san’atning xalqlar о‘rtasidagi dо‘stlik va brodarlik aloqalarini mustahkamlashdagi ahamiyatining yoritilishiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi.
Mazkur anjumanni ochib bergan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev minbarda bugungi kunda xalqaro aloqalarning keng yо‘lga qо‘yilgani, samarali islohotlar, о‘zbek va turkman qardosh xalqlarining dо‘stlik munosabatlari, mutolaa madaniyati, zamonaviy innovatsiyalar, madaniyat va san’at sohalaridagi ijodiy muhit va kelgusida amalga oshirilajak ulkan rejalar borasida sо‘zladilar.
Tadbirda Turkmaniston Prezidentining “Madaniyat – xalqning bebaho javohiri”, “Turkman madaniyati”, “Tinchlik musiqasi, dо‘stlik va birodarlik musiqasi”, “Baxshi – xalq baxtining darakchisi” kabi kitoblari taqdim etildi. Professor-olimlar Jabbor Eshonqul, О‘rozali Toshmatov, pedagoglar Baxtiyor Yoqubov, Faxriddin Abduvohidov sо‘zga chiqib mazkur asarlarning о‘zbek xalqi ma’naviyatida tutgan о‘rni va bebaho madaniy meros ekanligi haqida ma’ruza qilishdi.

DО‘STLIK VA BIRODARLIK TARANNUMI
О‘zbek va turkman xalqlarining madaniyati va san’ati asrlar davomida uyg‘un rivojlanib, bir-birini tо‘ldirib, о‘zaro chambarchas bog‘lanib ketgan. “Gо‘rо‘g‘li”, “Avazxon”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Xondalli” dostonlari ikki millat uchun nihoyatda qadrli va bebaho bо‘lib qoldi.
Taqdim etilayotgan kitoblarda turkman milliy madaniyati eng qadimgi davr – sivilizatsiya о‘choqlarining yuzaga kelishidan boshlab to bugungi davrgacha rivojlanishda davom etayotgani bayon etiladi.
Turkman milliy san’ati xalqning ijodkorlik dahosi mahsuli sifatida temirchi, kulol, tо‘quvchi, zargar, quruvchi kabi qо‘li gul hunarmandlar, tajribali me’morlarning kasbiy an’analari, noyob usullarining avloddan avlodga meros bо‘lib о‘tayotgani, shajaralarning turfa xususiyatlari, boqiy qadriyatlar tilga olingan.

DО‘STLIK VA BIRODARLIK TARANNUMI
Tadbirning badiiy qismida “Sayqal” ansambli ijrosida О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev Maxtumquli g‘azali bilan yozilgan ashulalar aytdi. Iste’dodli talabalar Laziz Hasanov, Munisa Tursunmatova, Suxbet Saxidqilichev, Shahriza Ashurova, Bekzod Mahmudovlar tomonidan gо‘zal kuy-qо‘shiqlar va she’riy kompozitsiyalar betakror tarzda ijro etildi.

DО‘STLIK VA BIRODARLIK TARANNUMI
Shuningdek, tadbirda mamlakatimizdagi taniqli madaniyat va san’at namoyondalari, adabiyot xodimlari, ijodkorlar, professor-о‘qituvchilar, Turkmaniston Respublikasining О‘zbekistondagi elchixonasi a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Sо‘nggi yillar О‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari о‘rtasidagi о‘zaro aloqalar yanada rivojlanib, yangi bosqichga kо‘tarilmoqda. Mana shunday hamkorlik va dо‘stlik munosabatlari xalqlar qalbiga ezgulik va birodarlik tuyg‘ularini jo etadi.
Madaniyat va san’atimiz osmon qadar parvoz etaversin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Matbuot xizmati

image_pdfimage_print