Diplomlar о‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi

Diplomlar о‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bо‘lib о‘tdi.
Diplomlar о‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev bu katta yutuq, katta muvoffaqiyat ekanligini aytdi.
Diplomlar о‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi
Bitiruvchilarga о‘zlari ilm olgan sohalari bо‘yicha yetuk kadrlar bо‘lishlariga umid bildirib, kelajak hayotlarida muvaffaqiyatlar tiladi. О‘zbekiston fani, ilmiy salohiyatiga о‘z hissalarini qо‘shishlarini bildirdi.
Diplomlar о‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi
Ularni oldilariga qо‘ygan maqsadlariga erishishlarida qat’iy intilishga chaqirdi. Institut rektori magistrlarga ilmiy izlanishlarini davom ettirish borasida о‘z fikrlarini aytdi.
Diplomlar о‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi
Ularning ilmiy ishlari mavzusi bilan qiziqdi. Bu yilgi bitiruvchilar orasida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari bor.Magistratura bitiruvchisi О‘ktam Hakimov “Yuragimning jо‘ri bо‘lgan dumbiram” nomli baxshilar antologiyasi muallifi.Diplom himoyasi jarayonida u “Alpomish” dostonining Surxondaryo va Qashqadaryo variatini audio hamda video kо‘rinishida tо‘liq holda yozib olgan va tadqiq qilgan.

Diplomlar о‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi

Diplom topshirish marosimida О‘ktam Hakimov institut rektori oldida folklor va etnografiya bо‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlashga va’da berdi. Qolgan bitiruvchilar ham ilmiy izlanishlar qilishni oldilariga maqsad qilganliklarini aytishdi.

Diplomlar о‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi

Magistratura bitiruvchilariga diplomlarni institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tantanali ravishda topshirdi. Bugungi karantin qoidalaridan kelib chiqilgani holda COVID-19 ga qarshi vaksina olganlarga magistr diplomlari tibbiy niqobsiz, hali vaksina olishga ulgurmaganlarga esa tibbiy niqob taqilgani holda topshirildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print