BО‘LAJAK PRODYUSERLARNING IJODIY YANGILIKLARI

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan talaba-yoshlar mahoratini shakllantirish, iste’dodini yanada rivojlantirish yuzasidan kо‘plab ilmiy-amaliy ishlar, innovatsion loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Bu yili oliy ta’lim muassasasida yangi tashkil etilgan “San’atda prodyuserlik” ta’lim yо‘nalishi 1-kurs talabalari mazkur loyihalar doirasida joriy yilning 1-2-3-4 noyabr kunlari poytaxtimizdagi muhtasham “Xalqlar dо‘stligi” san’at saroyida о‘zbek estradasi xonandasi Bahrom Nazarovning “Yuraksiz” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturining ijodiy jamoasida faoliyat olib borishmoqda.

BО‘LAJAK PRODYUSERLARNING IJODIY YANGILIKLARI
Hozirda institut о‘qituvchisi Avazbek Shomurodov boshchiligida talabalar konsert dasturi uchun biriktirilib, amaliy mashg‘ulotlar, sahna va sahna ortida ishlash, konsert tashkil etish, jonli ijro jarayonini kuzatish, zamonaviy texnik apparatlar bilan ishlash sirlarini о‘rganishmoqda. U yerda talabalar ijodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishib, о‘zlariga kerakli bilim va kо‘nikmalarni olishadi. О‘ylaymizki, mazkur loyihalar kelgusida yosh kadrlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini о‘sishiga va turli sohalarda yetuk mutaxassis sifatida faoliyat olib borishlariga keng imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, yangi tashkil etilgan “San’atda prodyuserlik” ta’lim yо‘nalishining ilmiy-nazariy asoslarini amaliy bilim va ma’lumotlar bilan uyg‘unlashtirib, kelajakda kо‘plab ijodiy ishlar tug‘iladi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print