BELORUSSIYALIK MEHMONNING TASHRIFI

BELORUSSIYALIK MEHMONNING TASHRIFI

Yurtimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan keng islohotlarning muhim qismida xalqaro doiradagi aloqalar nazarda tutilgan bо‘lib, mazkur tamoyil har jihatdan jahon standartlariga tо‘la javob beradigan professional kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.

BELORUSSIYALIK MEHMONNING TASHRIFI
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Belorussiya davlati Madaniyat vaziri birinchi о‘rinbosari Natalya Vladimirovna Karchevskaya tashrif buyurdi. Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev, prorektor Gо‘zal Xoliqulova boshchiligida mehmon institut muhiti bilan yaqindan tanishdi. О‘quv teatri binosi, “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi, mahorat darslari xonalari, “Xalq ijodiyoti” fakultetining dars jarayonlari kuzatildi. Talabalar milliy raqs va xoreografiya san’atini о‘zlashtirish amaliyotini kо‘rsatishdi. Institutning moddiy texnik bazasi haqida ma’lumotlar berib о‘tildi.

BELORUSSIYALIK MEHMONNING TASHRIFI
Natalya Vladimirovna bilan professor-о‘qituvchilar va bо‘lajak doktorantlar ishtirokida institut konferensyailar zalida ijodiy suhbat uyushtirildi. Unda mehmon Belorussiya davlatidagi san’at va madaniyat sohalaridagi ta’lim tizimi borasida gapirdilar.

BELORUSSIYALIK MEHMONNING TASHRIFI

О‘zaro shartnomalar imzolash, pedagogik malaka oshirish tizimini yanada rivojlantirish borasida tо‘xtalib о‘tdilar. Shuningdek, xalqaro doiradagi festivallar, ilm, san’at va madaniyat sohalaridagi yangiliklar, fakultetlararo aloqa о‘rnatish, muzeyshunoslik va kutubxonashunoslik sohalarini yanada takomillashitirish borasida kо‘plab rejalar oldinga tashlandi.

BELORUSSIYALIK MEHMONNING TASHRIFI

Suhbat jarayonida professor-о‘qituvchilar va bо‘lajak doktorantlar bilan qizg‘in savol-javoblar bо‘lib о‘tdi. Eng aossiysi, ikki mamlakat о‘rtasidagi о‘zaro hamkorlik munosabatlarining yanada avj olishi, magistratura va doktorantura bosqichlarida innovatsion loyihalar bо‘yicha ishlash tamoyillari ilgari surildi.

BELORUSSIYALIK MEHMONNING TASHRIFI
О‘ylaymizki, Natalya Vladimirovnaning mazkur tashrifi oldinda о‘zbek va belorus millatlari о‘rtasidagi muhim aloqalarni yanada rivojlantiradi. Ulkan maqsadlar hayotimizga ijobiy yangiliklarni olib kiraversin!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print