О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Barhayot an’analar

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bugun 13 fevral kuni Axborot resurs markazi tashabbusi bilan Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda samarqandlik Shavkat baxshi Bobomurodov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Shavkat baxshi buyuk bobomiz, yetuk sarkarda Amir Temurning hayotiy faoliyatini о‘rganib, о‘z muallifligida “Sohibqiron Temurbek” nomli dostonini yaratdi va xuddi shu nomda kitob chop ettirdi. Ijodkor uchrashuvda baxshichilik san’atiga bо‘layotgan e’tibor, muhtaram yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar haqida tо‘lqinlanib gapirib berdilar. Shuningdek, о‘zlari terma dostonlardan parchalar ijro etib, barchani kо‘nglini shod ayladi. “Sohibqiron Temurbek” dostoni buyuk bobokalonimizning harbiy yurishlari, shaxsiy hayoti, umri davomida amalga oshirgan islohotlari haqida hikoya qiladi. Mazkur asar yoshlarimizni vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat, oila va dо‘stlarga muhabbat tuyg‘ulari ostida kamol topishida muhim о‘rin tutadi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Hozirda mamlakatimizda milliy baxshichilik san’atini rivojlantirish, shu bilan birga, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini oshirish kabi qator islohotlar kо‘lami kengayib bormoqda. Shavkat baxshi Bobomurodovning ijodiy faoliyati ushbu islohotlar rivojiga munosib hissa bо‘ladi. Ona xalqimiz necha yillardan buyon sevib ardoqlagan barhayot an’analar boqiy yashayversin!

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot kotibi