BADIIY ASARNING TAHLILI BO’YICHA DARS MASHG’ULOTLARI

BADIIY ASARNING TAHLILI BO'YICHA DARS MASHG'ULOTLARI

Ma’naviyat – taraqqiyotning ulkan chо‘qqisi, yuksak marralar debochasidir. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan har bir kurs talabalari uchun “Badiiy asar mutolaasi” nomli maxsus dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

BADIIY ASARNING TAHLILI BO'YICHA DARS MASHG'ULOTLARI
Institutning “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi о‘qituvchilari Ma’mur Umarov hamda Matluba Isoqova pedagogligida “Sahna va ekran san’at dramaturgiyasi”, “Kino san’ati tanqidi va tahlili” 1-kurs talabalari itirokida atoqli qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Jamila” asari muhokamaga qо‘yildi. Talaba-yoshlar asarning badiiy-g‘oyaviy mavzusi, personajlar xarakteri, dialoglar, о‘ziga xos topilmalar, dolzarbligi va yozuvchining intellektual salohiyati borasida о‘z fikrlarini bildirishdi. Muhokama jarayoni qizg‘in tusda kechdi.
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ma’mur Umarov institutda bir necha yillardan buyon Rejissura asoslari, Badiiy asarning sahnaviy tanqidi tahlili, Kinodramaturgiya asoslari singari mutaxassislik fanlaridan saboq berib kelmoqda. Kо‘plab shogirdlari hozirda о‘zbek san’at va madaniyatga katta hissa qо‘shib, ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishmoqda.

BADIIY ASARNING TAHLILI BO'YICHA DARS MASHG'ULOTLARI
Mazkur dars mashg‘uloti talabalarda badiiy adabiyotga bо‘lgan muhabbatini yanada oshirib, ularning ongi va qalbida ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Professor-о‘qituvchilarimizdan mana shunday qiziqarli dars mashg‘ulotlarini kutib qolamiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print