ARIYA OHANGLARI JILOSI

ARIYA OHANGLARI JILOSI

25 noyabr kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda “Ariya ohanglari jilosi” nomli konsert-lektoriy bо‘lib о‘tdi. Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev bugungi musiqa san’atiga bо‘layotgan e’tibor, iste’dodli yoshlarning mahoratini shakllantirish, ularga keng imkonyatlar yaratish borasida sо‘zladilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Konsert-lektoriyni pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sevar Malikova bilan birgalikda doktorant Nilufar Pardayeva olib bordilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Konsertda har ikki oliy ta’lim muassasasining iste’dodli talabalarning yorqin ijrolari yangradi. Furqat Rahimov ijrosida “Zaynab va Omon musiqali dramasidan “Axtarar kо‘zim” ariyasi, “Na malakman na farishta” asaridan Mashrab ariyasi, Setora Umarova ijrosida “Farishtali ayol” asaridan Nazokat ariyasi, Setora Umarova bilan Doniyor Xabibullayevning Hamza asari asosida “Xolisxon” dueti, Shohida Nurmatova ijrosida Hamzaning “Maysaraning ishi” musiqali dramasidan Oyxon ariyasi, Suxrob Jumayev ijrosida “Layli va Majnun” operasidan Naufal ariyasi, Xonzoda Fazliddinova ijrosida Sobir Abdulla qalamiga mansub “Tohir va Zuhra” musiqali dramasidan Zuhra ariyasi, Shoxida Nurmetovaning “Janna skiki” operasidan Lauretto ariyasi, Bobur Kamaliddinov ijrosida “Maysaraning ishi” operasidan Qozi ariyasi betakror jarang topdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Mazkur tadbir ikki oliy ta’lim muassasasi о‘rtasidagi ijodiy aloqalarni yanada yaxshilaydi. Jonli ariyalarning sehrli shukuhi, mо‘jizakor jarangi kо‘ngillarni xushnud ayladi. Mana shunday tadbirlar yanada kо‘payishini tilab qolamiz!

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Fotograf: Mirsolih Nosirxo’jayev

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print