О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

ANIMATSION FILMLAR ISTIQBOLLARI

“О‘zbekkino” Milliy agentligi boshchiligida poytaxtimizda “О‘zbekistonda animatsiyaning rivojlanishiga tо‘siq bо‘layotgan omillar va ularning yechimlari” mavzusida konferensiya bо‘lib о‘tdi. Unda bir qator о‘zbek animatsion filmlari yaralishiga oid dolzarb mvzudagi ma’ruzalar tinglandi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston dalat san’at va madaniyat instituti “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi mudiri, kinorejissyor va kinooperator Iqbol Meliqо‘ziyev ham mazkur konferensiyada faol qatnashib “О‘zbek milliy animatikasidagi kadrlar siyosati” mavzusida о‘z ma’ruzasini taqdim etdilar. Unga kо‘ra, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3176 sonli qarori asosida “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarga asoslanib multiplikatsion filmlarni 2018 yilda 15 ta, 2022 yildan boshlab har yili 50 tadan ishlab chiqarish belgilangan edi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2016 yili “San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash” ta’lim yо‘nalishi tashkil qilingani, hozirda 81 nafar talabalar 1-2-3-4 kurslarda ta’lim olishib, ularga Rossiya, Latviya, Germaniya va boshqa dunyoning kо‘zga kо‘ringan davlatlarining professional mutaxassislar tomonidan mahorat darslari uzluksiz о‘tilib kelinayotgani bayon etildi. Shuningdek, joriy yilda Rossiya bо‘lib о‘tgan xalqaro festival doirasida bir nafar pedagog va tо‘rt nafar talabani animatsiya va multiplikatsiya yо‘nalishlarida bir haftalik malakasi oshirish bо‘yicha malaka oshirish kurslarida bо‘lishgan. О‘quv yilining boshida Fransiyalik mutaxassislar bilan mahorat darslari tashkillashtirildi. Bundan tashqari, yosh mutaxassislar Janubiy Korea Respublikasi “Dong-A” san’at va madaniyat institutida malaka oshirib qaytdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Talabalarga amaliy darslarni yanada mukammal о‘tilishi, afsonaviy “Sirli sandiq” multfilmining zamonaviylashtirilgan varianti “Zumrad va Qimmat” nomi ostida 3D, “Mо‘jizaviy oshxona” kabi multfilmlarni tasvirga olish ishlari davom etmoqda. Mazkur asarlardagi milliy qahramonlarimiz obrazidagi qо‘g‘irchoqlar noyob xisoblanganligi uchun yaponiyalik prodyusser va rejissyor tomonidan homiylik asosida 4500 AQSH dollori qiymatidagi 8 ta qо‘g‘irchoq bо‘limga sovg‘a qilindi.
Shuningdek, dolzarb masalalar о‘rtaga tashlandi. Iqbol Meliqо‘ziyev О‘zbekiston Kino arboblari uyushmasi a’zosi bо‘ldi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

“О‘zbekistonda animatsiyaning rivojlanishiga tо‘siq bо‘layotgan omillar va ularning yechimlari” konferensiyasidan kutilayotgan natijalar talaygina. Mutaxassislarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati