“AN’ANAVIY OSH CHALLENGE”

Mehmondо‘stlik va ochiqqо‘llik ona xalqimizga xos gо‘zal fazilat. Kuni kecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar uchun navbatdagi “An’anaviy osh challenge” sayli bо‘lib о‘tdi. Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan sentabr oyidan beri о‘tkazilib kelinayotgan mazkur saxovatpeshalik tadbiri gо‘zal an’anaga aylanib qoldi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Kechki nonushta vaqtida doshqozonda 60 kg osh damlanib, barchasi talaba-yoshlarga tarqatildi. Mahoratli oshpazning noyob sirlari mazali va yoqimli oshning tо‘kin dasturxonga suzilganida bilindi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Samimiy dо‘stlar diydori esa barchasidan ustun. Bir lagan osh va bir piyola choy ustidagi maroqli suhbatlar insonga unutilmas lahzalarni tuhfa etadi. Talabalarning barchasi institut rahbariyatidan mamnun.
Mana shunday “An’anaviy osh challenge” sayli davomiy bо‘laversin.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print