AN’ANAVIY MAQOM KECHASI

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbek milliy musiqa merosi avlodlar qalbiga ezgulik urug‘larini sochadi. U ruhni tarbiyalaydi, ma’naviyatni yuksaltiradi, vatanparvalik tuyg‘ularini kо‘ngilga jo etadi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasasida “Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasi tomonidan har oyda An’anaviy Maqom kechasi tashkil etilmoqda. Kafedra mudiri Mirshod Elov bu galgi konsertda institutning ijodkor professor-о‘qituvchilari bilan bir qatorda iste’dodli talaba-yoshlarni ham jonli ijroga chorladi. “Sayqal” ansambli rahbari О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev “Turkmancha” kuyini ijro etdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Dasturda О‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov hamda Shomurod Dadayev ijrosida “Gо‘zal tong”, Adham Ashurov “Diydor о‘zing”, Gо‘zal Akromova “Qaro kо‘zlar”, Bashorat Tо‘rabeva “Qо‘qoncha”, Xotamjon Zokirjonov “Bormikin”, Zaynab Xudoyorova “Oshiqlik” kabi betakror ashulalar yangradi. О‘zbek mumtoz adabiyotining sara namunalari kuyga solingan gо‘zal ohanglar sehrida inson ruhiyatini allalaydi, shirin hissiyotlarni uyg‘otadi. Professional ijro mahorati, institutda “ustoz-shogird” an’anasining bardavomiyligi, musiqa ilmining nozik sirlarini о‘rganayotgan yoshlar tarbiyasi barkamollikka yetaklaydi. Mazkur konsert dasturi ana shunday ulkan maqsadlar mushtarakligida taqdim etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Dastur sо‘nggida rektor Ibrohim Yuldashev sо‘zga chiqib ijodkorlarni An’anaviy maqom kechasi gо‘zal shukuhda о‘tgani bilan tabrikladi. Muhtaram yurtboshimiz mamlakatimizda о‘zbek milliy musiqa merosini asrab-avaylash, yoshlar ongiga singdirish va kelgusi avlodga yetkazish borasida olib borayotgan ulkan islohotlariga munosib hissa qо‘shish maqsadida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida har oyda yuqori saviyada о‘tkazilayotgan An’anaviy Maqom kechalari professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun naqadar kerakli ekanligini alohida ta’kidlab о‘tdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Shu bilan birga, konsert tashkilotchilari va ishtirokchilari barcha jarayonlarni fotolavhaga kо‘chirib, о‘quv yili yakunida pedagog Mirshod Elov boshchiligida katta albom yaratish taklifini bildirdilar. Mazkur jarayonlar barchasi xotira sifatida saqlanib, kelajakda institutning arxiv fondidan joy egallaydi.
Asrlarga teng ijod – mahorat qirralarini va gо‘zal ijodiy parvozlarni dunyoga keltiradi. Zero, tinim bilmay oqayotgan umr kunlarida yaratilgan bebaho asarlar, betakror ijrolar nomimiz va shonimizni mangulikka muhrlab qolajak!

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot kotibi

image_pdfimage_print