AMALIY KО‘NIKMALAR

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi” va “Kino tanqidi va tahlili” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabalari pedagog Bahrom Kultashev boshchiligida О‘zbekiston tasviriy san’at galereyasiga tashrif buyurishdi. Talabalar tasviriy va amaliy san’at tarixi fanidan yurtimizdagi badiiy muzeylar, galereyalar, kо‘rgazma zallari bilan bilan tanishish maqsadida eng yetakchi markaz О‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi bilan yaqindan tanishdilar. Turli eksponatlar, tarixiy kartinalar, portret va peyzajlarning yaratilishi, rangtasvir mohiyati, ranglar palitrasi, kino va teatr san’atida rassomning о‘rni borasida suhbatlar bо‘lib о‘tdi. Yurtimizda bо‘lib о‘tadigan ijodiy kо‘rgazmalar, xalqaro forumlar, tadqiqotchi olimlarning faoliyati dasturlari kо‘rib chiqildi.

AMALIY KО‘NIKMALAR
Talabalar pedagog Farrux Tursunovning fuqarolik jamiyat qurish nazariyasi fani bо‘yicha ham turli ma’lumotlarga ega bо‘lishdi. Mahoratli rassomlarning bugungi ishlariga ham baho berishdi. Amaliy kо‘nikmalar, ijodiy uchrashuvlar va suhbatlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga, faol ijod qilishlari va yanada zamon talablariga mos bо‘lishlariga о‘rgatadi. Mana shunday yorqin tashabbuslar kо‘payaversin!

AMALIY KО‘NIKMALAR

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print