AMALIY DARS MASHG‘ULOTLARI

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Iste’dod va mahorat charxlanib borishi lozim. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan professor-о‘qituvchilarning sifatli dars о‘tishlari, ijodkor yoshlarni qо‘llab-quvvatlash, amaliy dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasasining ilmiy-ijodiy salohiyatini kо‘tarish borasida zarur tamoyillar ishlab chiqildi va yо‘lga qо‘yildi.
“San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi о‘qituvchisi Bahrom Kultashev “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi” hamda “Kino tanqidi va tahlili” ta’lim yо‘nalishlari 3-kurs talabalarini О‘zbekiston davlat tarixi muzeyiga olib bordi. Mamlakat madaniyati va san’ati tarixi muzeylarda aks etadi, inson qalbida yashagan bebaho asarlar qadrlanib, peshtoqlardan joy oladi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat tarixi muzeyida yurtimizning ibtidoiy davrdan bugungi milliy davlatchilik shakllanishgacha bо‘lgan davrlar ekspozitsiyalarda aks etgan. Talabalar muzey osori-atiqalari, arxeologik topilmalarnnig asl nusxalari, tarixiy obyektlar haqida qimmatli ma’lumotlar, ishlanma maketlar, tarixiy mavzudagi dastgohli va mahobatli rangtasvir asarlari bilan tanishdilar. О‘zbekiston xalq rassomi Tо‘ra Kuryazovning “Jaloliddin Manguberdi”, О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Alisher Aliqulovning buyuk Sohibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan “Amir Temur va jahon tarixi” pannosi, О‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Akmal Ikromjonovning “Yurtim tabiati” nomli devoriy suratlari shular jumlasidandir.
Muzeyda Bahrom Kultashev “Tasviriy va amaliy san’at tarixi” hamda hamkasbi Farrux Tursunov pedagogligidagi “Fuqarolik jamiyati. Demokratik jamiyat qurish nazariyasi” faniga oid muhim ma’lumotlarni talabalarni tanishtirdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat tarixi muzeyining 4-qavatida О‘zbekistonning yaqin tarixiga oid eksponatlar joylashgan bо‘lib, institut talabalari mazkur obyektda ilmiy-nazariy ma’lumotlarga ega bо‘lishdi.
Professor-о‘qituvchilarning fanga yondashuvi, dars mashg‘ulotlarini zamonaviy tarzda о‘tilishi, xalqaro ta’lim standartlariga mos ravishda turli innovatsion metodlardan foydalanishi kelgusida yetuk va malakali kadrlar yetishib chiqishiga zamin yaratadi. Ulkan maqsadlar yо‘lida shijoat tilaymiz!

 

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print