Adabiyot va san’atga muhabbat

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining iste’dodli yoshlaridan tashkil topgan, bir qator spektakllari bilan “Ozodlik”, “Vatanning qanotlari”, “Ilondara” “Qobil ila Hobil” institut jamoasi, talabalar hamda sanoqsiz muxlislar mehrini qozongan “Nurli kelajak” tajriba teatr studiyasi a’zolari “Akyorlik san’ati: Qo’g’irchoq teatr aktyorligi” mutaxassisligi magistranlari Ulug’bek Musinov, Akbar Nursaitov, Islom Berdimurodov, “Musiqali drama teatr aktyorligi” ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Bunyodbek Shirinov, “Qo’g’irchoq teatr aktyorligi” ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalari Oybek Qulmurodov, Urolbek Qilichev, Sitora Soliyeva Muqumiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqali drama teatr rejissyori Doston Haqberdiyev, yosh iste’dodli yozuvchi Javlon Jovliyev bilan birgalikda taniqli shoir Usmon Nosir haqida spektakllar ustida ijodiy ish jarayonlarini olib borishmoqda. Talabalar o’tgan asrning yirik iste’dodli shoirlari ijodi bilan tanishish, o’sha vaqtdagi davr muhiti haqida yana kengroq ma’lumotlar olish uchun O’zbekiston xalq shoiri G’afur G’ulom uy muzeyida ham bo’ldilar.

Mazkur jarayonlar talaba-yoshlarning adabiyot va san’atga muhabbat qo’yishiga zamin yaratadi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print