9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya

9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bо‘lib о‘tdi.
9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan ZOOM dasturi orqali tashkil etilgan tadbirda “О‘zbekiston xalqining front va front ortida qо‘shgan hissasi”, “Ikkinchi jahon urushi yillarida О‘zbekistonda san’at va madaniyatning tо‘tgan о‘rni”, “О‘zbekistonlik jangchilarning frontda kо‘rsatgan qahramonliklari” singan mavzularda ma’ruzalar qilindi.
9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya
Urush yillarida О‘zbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini ta’minlashda oldingi о‘rinlarda turib, g‘alabaga katta hissa qо‘shdi. Aholi tomonidan urush yillarida qariyib 650 million sо‘m naqd pul, 4 milliard 226 million sо‘mlik zayom puli, 52,9 kilogramm oltin va kumush topshirildi.
9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya
Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan 246 918 700 sо‘mlik mahsulot jо‘natildi. Shuningdek, 1 282 00 tonna g‘alla, 482 000 tonna kartoshka, sabzovot, 1000 tonna poliz mahsulotlari, quruq va hо‘l mevalar yuborildi.
9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya
Bir milliondan ortiq О‘zbekistonliklar urushda qatnashgan. Ularning yarim milliondan ortig‘i halok bо‘lgan, 133 mingga yaqini bedarak yо‘qolgan, 60 mingdan ziyodi esa nogiron bо‘lib qaytgan. Ushbu raqamlarning о‘zi ham mudhish urushning oqibatlari qay darajada ayanchi ekanligini kursatadi.
9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya
Bu esa yosh avlodni ushbu tinch, osoyishta hayotimizning qadriga yetish, barchamiz uchun qadrli bо‘lgan shu zaminni avaylab-asrashga chorlaydi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print