9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev boshchiligida institut jamoasi 9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurishdi.

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif

Ibrohim Yo‘ldoshev ikkinchi jahon urushining mudhish oqibatlari, uning insoniyat boshiga keltirgan asoratlari haqida so‘zlab berdi. Mana oradan shuncha vaqt o‘tibdiki, urush ketirgan kulfat hamon kishilar qalbini larzaga solib kelmoqda. Institut jamoasi xalqimiz qahramonligini aks ettirgan yaxlit majmua-G‘alaba bog‘idan o‘rin olgan eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi.

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif

Bu yerdan ikkinchi jahon urushining mudhish ko‘rinishlari, uning asoratlari, xalqimizning ushbu ayanchli yillarda boshidan kechirgan voqealarini o‘zida mujassam etgan eksponatlar o‘rin olgan. Xalqimizning tarix sahifalaridan o‘rin olgan qahramonliklari yorqin ifodasini topgan.

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif

Urush yillarida O‘zbekiston mudofaaning harbiy va moddiy ehtiyojini ta‘minlashda oldingi o‘rinlarda turib, g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Jang maydonlariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tanklar, harbiy texnikslar yetkazib berildi.

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif

Aholi tomonidan urush yillarida qariyib 650 million so‘m naqd pul, 4 milliard 226 million so‘mlik zayom puli, 52,9 kilogramm oltin va kumush topshirildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan 246 918 700 so‘mlik mahsulot jo‘natildi.

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif

Shuningdek, 1 282 00 tonna g‘alla, 482 000 tonna kartoshka, sabzovot, 1000 tonna poliz mahsulotlari, quruq va ho‘l mevalar yuborildi.
Bir milliondan ortiq O‘zbekistonliklar urushda qatnashgan.

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif

Ularning yarim milliondan ortig‘i halok bo‘lgan, 133 mingga yaqini bedarak yo‘qolgan, 60 mingdan ziyodi esa nogiron bo‘lib qaytgan. Ushbu raqamlarning o‘zi ham mudhish urushning oqibatlari qay darajada ayanchi ekanligini kursatadi.

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti jamoasi G‘alaba bog‘iga tashrifi chog‘ida bu yerdagi qimmatli maʼlumotlardan voqif bo‘lib, ikkinchi jahon urushi haqidagi tasavvurlari yana-da boyidi.

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif

Urush davridagi texnikalar, o‘sha suronlli yillarda xalqimizning kechirgan turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdilar.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print