2019-2020 Shartnoma (kontrakt) to‘lovi miqdori

2019-2020 Shartnoma (kontrakt) to‘lovi miqdori

E ‘ L O N !

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2019-2020 o‘quv yili uchun bitta talabaning bir yillik to‘lov- kontrakt o‘qitish qiymati miqdorlari (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori barobarida) quyidagicha belgilangan:

 

Izoh:  2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.

 Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab 634 880 so‘m etib belgilangan.

(Asos: O‘zbekistoni Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi PF-5723-sonli farmoni)

 Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilganda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari navbatdagi o‘quv semestri boshidan mos ravishda oshiriladi.

 

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yilda oliy ta’lim muassasalarida tо‘lov-kontrakt asosida о‘qitish qiymatining о‘rnatilishiga taalluqli sharhi

 

2019 yilning 1 sentabridan oliy ta’lim muassasalarida tо‘lov-kontrakt asosida о‘qitish qiymati miqdorlarini yangi о‘quv yili uchun о‘rnatilishi bо‘yicha Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar va ularning ota-onalari e’tiboriga quyidagi ma’lumotlarni yetkazadi.

 

Respublikada oliy ta’lim tizimida amaldagi tartibga muvofiq, test sinovlari natijalariga kо‘ra eng yuqori ballar tо‘plagan talabalar davlat granti bо‘yicha bepul о‘qiydilar. О‘z navbatida Davlat buyurtmasi parametrlari doirasida kontrakt asosida “о‘tish” ballarini tо‘plab qabul qilingan talabalar esa, ularni о‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplashni nazarda tutuvchi ijtimoiy himoyalangan bazaviy  tо‘lov-kontrakt shakli asosida о‘qiydilar.

 

Shu bilan birga talabalarga tо‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida 2019/2020 о‘quv yilidan boshlab, tо‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil kо‘rinishda –  “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi.

 

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga tо‘lanishi belgilanayotgan 400 000 sо‘m, bir yilda jami 4 800 000 sо‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

 

Misol uchun, bakalavriatning Gumanitar fanlar, Pedagogika, Texnika,  Qishloq va suv xо‘jaligi ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha tо‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar (jami talabalarning qariyb 80 foizi) 2019/2020 о‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda tо‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

 

👉 Stipendiya bilan – 10 792 960 sо‘m (Mehnatga haq tо‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida);

👉 Stipendiyasiz – 5 992 960 sо‘m (10 792 960 sо‘m –  4 800 000 sо‘m).

 

Bundan tashqari, aholiga tо‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bо‘lib tо‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari tо‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bо‘ladi.

 

Ta’lim yо‘nalishlari kesimidagi tо‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari bilan Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining www.edu.uz  saytida tanishish mumkin.

 

Yangi о‘quv yilida tо‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksatsiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (о‘tgan о‘quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga о‘sganligi inobatga olindi.

 

Shu bilan birga, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov kо‘rsatkichi 2017/2018 о‘quv yilidagi 9 foizdan joriy о‘quv yilida 20 foizga ortganligi yoki talabalar kontingentining 126 ming nafarga kо‘payganligi oliy ta’lim muassasalarida о‘qituvchilar va о‘quv binolari quvvatlarini yaratish bо‘yicha qо‘shimcha ehtiyojga olib keladi, bu esa о‘z navbatida qо‘shimcha xarajatlarni talab etadi.

 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2019/2020 о‘quv yilidan tо‘lov-kontrakt miqdorlarining о‘rtacha 18  foizga oshirilishi – bir talabani bir yillik о‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni о‘rtacha 68 foizi qoplamoqda xolos (bunda – xarajatlarni qoplanishi о‘tgan yilgi darajada saqlab qolinmoqda).

 

Oliy ta’lim muassasalarini Davlat tomonidan qо‘llab quvvatlash maqsadida bugungi kunga qadar faoliyati tugatilayotgan kasb-hunar kollejlari va litseylarning  77 251 о‘rinli о‘quv binolari, 3 000 о‘rinli talabalar turar joylari qо‘shimcha quvvat sifatida oliy ta’lim muassasalariga о‘tkazib berilib, qо‘shimcha imkoniyat yaratildi.

 

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, о‘quv va ijtimoiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish, zamonaviy о‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va mebellar bilan jihozlash, kutubxona fondini tо‘ldirish va boshqa xarajatlarning 90 foizidan oshig‘i davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan tasdiqlagan oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish Dasturi doirasida 2016-2018 yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining 87 ta bino va inshootlarida qurilish, rekonstuksiya, kapital ta’mirlash hamda jihozlash ishlari uchun Davlat byudjetidan jami 749,4 mlrd.sо‘m mablag‘ yо‘naltirilgan.

 

2019 yilda esa, mazkur maqsadlar uchun Davlat byudjetidan 662,0 mlrd.sо‘m mablag‘ ajratildi, bu о‘z navbatida, 33 ta oliy ta’lim muassasasida yana 54 ta yangi obyektni foydalanishga topshirish imkonini beradi.

 

Shuningdek, mazkur yillar mobaynida byudjet mablag‘lari hisobidan 32 ta oliy ta’lim muassasalari 31,7 mln. dollarlik xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy  28 turdagi144 ta о‘quv laboratoriya tо‘plamlari bilan hamda 36 ta oliy ta’lim muassasalari 15,8 mlrd. sо‘mlik 5087 ta kompyuterlar bilan jihozlandi.

 

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni va ularning ota-onalarini qiziqtirgan barcha savollarga, shu jumladan о‘qish uchun tо‘lov shakli, talabalar va ularning ota-onalari tomonidan ta’lim olish uchun ish xaqidan yо‘naltiriladigan mablag‘larga qо‘llaniladigan imtiyoz va yengilliklar qо‘llash tartibiga taalluqli, shuningdek  ta’lim krediti va boshqa savollarga yozma shaklda hamda davlat interaktiv xizmatlari orqali javob berishga tayyorligini ma’lum qiladi.

 

Vazirlikning pochta manzili: Toshkent sh., 100095,

2-Chimboy kо‘chasi, 96-uy

Telefon: 246-01-76, 246-10-63

Elektron pochta: moliya@edu.uz

Veb-sayt:    www.edu.uz.

Telegram kanal: @eduuz

 

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-Av5EnAinUQIFw