Xalq ijodiyoti

Xalq ijodiyoti
Fakultet dekani:
v.v.b Ikromov Sayfullo Turgunovich

  Qabul kunlari: dushanba, chorshanba, juma kunlari 15:00 – 17:00
  xizmat telefon raqami: 71 230 28 47
📧  e-mail: xif@umail.uz

 

 

Fakultetning qisqacha tarixi:


Xalq ijodiyoti fakulteti O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 4 iyundagi “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1771-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan.

Fakultet o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, ta’lim va tarbiya sifatini takomilashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy majlis qarorlari, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi hamda yuqori tashkilotlardan kelgan meyoriy hujjatlar va fakultet Nizomiga asosan olib boradi.

Xalq ijodiyoti fakulteti respublikamizning madaniyat va san’at sohalari uchun yetuk kadrlar tayyorlab beradi. Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

− Madaniyat va san’at sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, xalq ijodiyoti an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qodir, badiiy ijodning zamonaviy metodlari, innovatsion texnika va texnologiyalarni puxta egallagan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash, madaniy-ma’naviy boylikni asrab-avaylash va ko‘paytirish, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan badiiy ijod mahoratini rivojlantirish;

− o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, ilg‘or pedagogika, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron axborot resurslari, jumladan, Internetdan keng foydalangan holda, ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sadoqat ruhida, ma’naviy yuksak va har tomonlama barkamol rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan shaxslar etib tarbiyalash.

Fakultet tasarrufidagi kafedralar rо‘yxati:


  • “Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasi
  • “Folklor va etnografiya” kafedrasi
  • “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi
  • “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi
  • “Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi
  • “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
  • “Musiqiy – nazariy fanlar” kafedrasi
  • “Tillar va adabiyot” kafedrasi

 

Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:


  • 5151600 –Xalq ijodiyoti (turlari bo‘yicha: ashula va raqs, folklor va etnografiya, cholg‘u jamoalariga rahbarlik, vokal jamoalariga rahbarlik);
  • 5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish;
  • 5610400 – Ijtimoiy-madaniy faoliyat;
  • 5350600 – Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)

 

Magistratura mutaxassisliklari rо‘yxati:


  • 5A151601 – Xalq ijodiyoti (ashula va raqs);
  • 5A151601 – Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya);
  • 5A151601 – Xalq ijodiyoti (cholg‘u jamoalariga rahbarlik);
  • 5A151701 – Madaniyat va san’at sohasi menejmenti.

 

Professor-о‘qituvchilar tarkibi:


Fakultetda hozirda 13 ta professor, 25 ta dotsent, 23 ta katta о‘qituvchi, 44 ta о‘qituvchi faoliyat olib boradi. Jumladan, O‘zbekiston san’at arbobi, professor Jo‘ra Shukurov, O‘zbekiston xalq hofizlari Orolmirzo Safarov, Beknazar Do‘stmurodov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar O‘lmas Rasulov, Ahmadjon Dadayev, Rustam Abdullayev, Dilmurod Islomov, Erkin Rahimov, sotsiologiya fanlari doktori, professor Abdusalom Umarov, falsafa fandlari doktori, professor Sayyora To‘ychiyeva, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov, filologiya fanlari doktori, professor Jappor Eshonqulov, tarix fanlari doktori, professor Adxamjon Ashirov, professorlar Qodir Mirzayev, O‘razali Toshmatov, Sobir Jumayev, Tohir Yo‘ldoshev, dotsentlar Sevar Malikova, Olga Vasilchenko, Mirmuhsin G‘ofurov, Sobir Turatov, Mansur Mamirov, Oygul Ahmedova, Hamza Shodiyev, Azamat Haydarov, Vaxobjon Rustamov, Manzura Yuldasheva, Dilafruz Yusupaliyeva, Antonina Koshelova, Musallam Abdujabborova, Aziz Xotamov, Shoira Ramazanova, Hamdamjon Ismoilov, Sevara Mahmudova, Go‘zalxon Isakova, respublika va xorijiy tanlovlar g‘oliblari Komiljon Shermatov, Yusuf Vaxidov, Zulfiya Mo‘minova, Xurshid Beknazarov, Ayap Otegenov, Gulzoda Xudoynazarova, O‘ktam Rasulov va boshqa mutaxassislar faoliyat olib borishadi.
Elimizning sevimli san’atkorlari F.Zokirov, O.Otajonov, N.Abdullayeva, SH.Sultonov, G‘.Boytoyev, M.Xoliqov, O.Sultonov, O.Safarov, M.Azimov, F.Solixova, M.To‘xtasinov, K.Raxmonov, N.Madraximova, Z.Madraximova, G.Aminova, R.Sultonova, G.Nizomova, B.Sultonov, Qalandar baxshi, Norboy baxshi, Andrey Petrovets, V.Baramikov, I.Farmonov, L.Moskalyova, A.Aliyev, A.Qosimov, A.G‘aniyev, S.Mo‘minov, A.Sanayev, D.Ubaydullayev, T.Jabbarov, Y.Mo‘minov, Q.Madaliyev nomlari fakultet faoliyati bilan chambarchas bog‘liqligini alohida ta’kidlash joizdir.

 

Xalqaro hamkorlik:


Fakultet Chelyabinsk davlat madaniyat va san’at akademiyasi, Qozon davlat madaniyat instituti bilan о‘zaro hamkorlik olib boradi.

 

Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik:


Fakultet San’atshunoslik instituti, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, О‘zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, О‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, О‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Toshkent viloyat pedagogika kolleji bilan о‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boradi.

 

Iqtidorli talabalar:


Fakultetda Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Sabina Berdiyeva, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi stipendiyasi sohibasi Shahnoza Rustamaliyeva, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o’tkazilgan “Yil talabasi” Respublika ko’rik-tanlovi g’olibi Kamoliddin Umarov, Yaxyobek Muqimjonov, Azizaxon Ismanova, Munisa Siddiqova, Muxriddin Nuriddinov kabi iqtidorli talabalar tahsil olishmoqda.

Ayni vaqtda fakultet qoshida “Chashma” folklor-etnografik ansambli, “Sayqal” ashula va raqs ansambli, “The language and art”, “Kreativ menejment”, “Elektron shaxmat” va bir qancha ilmiy-ijodiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida fakultetning badiiy jamoalari shahar, respublika va xalqaro festival hamda ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Fakultet talabalarining jahon standarti talablari asosida tahsil olishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

image_pdfimage_print