Teatr san’ati


Fakultet dekani
Qurbonov Anvar

Qabul kunlari: Har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 14:00 dan 16:00 gacha.
  Telefon: 71 230 28 29
📧  e-mail:  aqurbonov80@mail.ru

 

 

Fakultetning qisqacha tarixi:


О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil qilish tо‘g‘risida”gi 2012 yil 4 iyundagi 1771-sonli qarori asosida “Teatr san’ati” fakulteti tashkil qilindi. Fakultet tashkil etilgandan buyon unga Shodiyev Hamza Xoliqulovich (04.06.2012-11/11/2013), Ismailov Rixsillo Hamidovich (11/11/2013-10/09/2015), Abdullayev Doniyor Dolimovich (10.09.2015-11.11.2015)lar rahbarlik qildilar.

Fakultet о‘tgan davr mobaynida “Aktyorlik san’ati” (turlari bо‘yicha) va “Rejissyorlik” (turlari bо‘yicha) ta’lim yо‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda. Shu kunga qadar mutaxassislik kafedralarida О‘zbekteatr, kino san’atining taniqli va yetakchi namoyandalari О‘zbekiston xalq artistlari Shuhrat Abbosov, Turg‘un Azizov, Xayrulla Sa’diyev, Erkin Komilov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Boir Xolmirzayevlar milliy teatr va kino san’ati uchun aktyor va rejissyorlar tayyorlaganlar.

 

Bakalavr ta’lim yo’nalishlari:


Teatr san’ati fakultetida 2 ta

  1. 5150300-Aktyorlik san’ati (turlari bо‘yicha), (Dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati, Musiqali teatr aktyorligi san’ati, Qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi san’ati, Estrada aktyorligi san’ati ixtisosliklari)
  2. 5150400-Rejissyorlik (turlari bо‘yicha) (Drama rejissyorligi, Musiqali teatr rejissyorligi, Qо‘g‘irchoq teatri rejissyorligi, Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi) ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Fakultet tarkibida 6 ta kafedra mavjud.

  • “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati”,
  • “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati”,
  • “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati”,
  • “Sahna harakati va jismoniy madaniyat”,
  • “Sahna nutqi”.
  • “Vokal” kafedralari faoliyat yuritmoqda.

Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiradi.

Hozirda fakultetning mutaxassislik kafedralarida Toshkent shahridagi professional teatrlar rejissyorlari va taniqli aktyorlari dars berib kelmoqdalar. О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi Bahrulla Lutfullayev, Jо‘ra Mahmudov, Qoraqolpag‘istonda xizmat kо‘rsatgan artist Arsen Ismoilov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi professor Minavvara Abdullayeva, Maryam Ashurova, Xamida Mahmudova, Isoqtoy Jumanov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi Haydarali Qosimov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar Narziddin Shermatov, Rahimov Erkin, Nodira Mahmudova, Fathulla Xо‘jayev, Shomurod Yusupov, Qoraqalpog‘istonda xizmat kо‘rsatgan artist Rо‘dakiy Allanbayevlar shular jumlasidandir.

Shuningdek fakultetda professor Sherzod Pirmatov, Qodir Mirzayev

San’atshunoslik fanlari nomzodlari Gо‘zal Xoliqulova, MarinaYusupova, Temur Rashidov, dotsentlar Zamira Ahmedova, Feruza Jalilova, Mahsuma Xodjimatova, Farhod Ahmedov, Jahongir Mamatqosimov, Ramz Qodirov, Ernazar Yorbekov, A’zam Abduxalilov hamda Venera Yusupova kabi tajribali yetakchi professor-о‘qituvchilar jamoasi faoliyat yuritishmoqda.

Fakultet doirasida yosh mutaxassislar bilan ishlash yо‘lga qо‘yilgan. Shuningdek, fakultet professor-о‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida ilmiy-uslubiy seminarlar, taniqli olim va mutaxassislar bilan davra suhbatlarini uyushtirish, loyihalar ustida ishlarni takomillashtirish borasida ilmiy ma’ruzalar tinglanadi va muhokama qilinib ta’limning zamonaviy interfaol uslublari о‘rganiladi. Fakultetda xorijiy san’at maktablari bilan ham innovatsion hamkorliklar yо‘lga qо‘yilgan: jumladan Angliya, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari,  tanishuv, suhbat va muloqotlar muntazam tashkil qilinadi.

Fakultetda kо‘plab davlat stipendiyasi sohiblari, davlat mukofotlari sovrindorlari, Xalqarova Respublika tanlovi g‘oliblari tahsil olgan va olmoqda.

“Teatr san’ati” fakultetidagi ta’lim jarayoni bugungi zamon talablariga tо‘liq mos bо‘lishi uchun harakat qilgan holda amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsad yо‘lida talabalarga san’at sirlarini о‘rgatib kelayotgan professor-о‘qituvchilarning xorijiy davlatlarda malaka oshirishi yо‘lga qо‘yilgan va kelajakda bu о‘z mevasini berishi shubhasiz.

 

Magistratura mitaxassisliklari:


  • 5A150301 – Aktyorlik san’ati (turlari bo’yicha);
  • 5A150401 – Rejissorlik (turlari bo’yicha);