Ogohlik davr talabi!

Ogohlik davr talabi!

Tinch va osoyishta kunlarimizni qadriga yetib yashashning go’zal saodati barchamizga nasib etsin. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi xodimi Jasur Mahmudov bilan institut talaba-yoshlari bilan giyohvandlik va narkojinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan suhbat bо‘lib о‘tdi.
Mazkur tadbirda inson salomatligi va uni asrash, giyohvandlik va psixotrop moddalarini yetishtirishga qarshi kurashish, noqonuniy yо‘llar bilan chegaradan о‘tkazishga yо‘l qо‘ymaslik, doimo ogoh bо‘lish yuzasidan qator vazifalar tanishtirib о‘tildi.

Ogohlik davr talabi!
Institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Zulxumor Narqо‘ziyeva hamda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi boshlig‘i E’tibor Nazarova boshchiligida mehmonlar bilan talaba-yoshlar о‘rtasida mavzu yuzasidan turli savol-javoblar uyushtirildi. Asr vabosiga qarshi kurashish, salomatlikni qadriga yetish bо‘yicha yoshlar о‘z kо‘nikmalarini yanada kengaytirishdi.

Ogohlik davr talabi!
Oliy ta’lim muassasasida mana shunday dolzarb ahamiyatga ega uchrashuvlar kо‘proq bо‘lishini tilaymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print