“Yilning eng yaxshi yosh olimi-2021” xalqaro tanlovi sovrindori

"Yilning eng yaxshi yosh olimi-2021" xalqaro tanlovi sovrindori
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 3-bosqich talabasi Doston Xamidov Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi-2021” xalqaro tanlovida madaniy siyosat yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O’zining ilmiy ishida Doston Xamidov jamiyat orasida barcha sohalar rivoji uchun “madaniyat kodi”ni yaratish g’oyasini ilgari surgan.
Hozirgi kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Amerika, Angliya, Polsha, Chexiya, Hindiston Indoneziya,Germaniya kabi davlatlarda nashr ettirilgan.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print