“FIESTALONIA” SAN’AT-MADANIYAT FESTIVALI О‘ZBEKISTONDA HAM О‘TKAZILADI

“FIESTALONIA” SAN’AT-MADANIYAT FESTIVALI О‘ZBEKISTONDA HAM О‘TKAZILADI

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talaba va о‘qituvchilaridan iborat ijodiy guruh Ispaniyaning Kataloniya shahrida о‘tkazilgan san’at yо‘nalishidagi Xalqaro tanlov va festival – “Fiestalonia Milenio”da ishtirok etib qaytishdi.


24-28 mart kunlari san’atning turli yо‘nalishlarida bо‘lib о‘tgan ushbu festivalda dunyoning 22 mamlakatidan kо‘plab ijodkorlar ishtirok etishdi. О‘zDSMI Xalq ijodiyoti fakulteti, “cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi yetakchi konsertmeysteri Ayapbergen Otegenov 30 yoshdan kattalar о‘rtasida fortepiano ijrochiligi yо‘nalishida yuzlab ijodkorlar orasida 1 о‘rinni qо‘lga kiritgan bо‘lsa, institutning 4 kurs talabasi Bahodir Baratov “milliy cholg‘ularda ijro etish” yо‘nalishida qashqar rubobida “staroye bandjo” kuyini ijro etib о‘z tengqurlari orasida ikkinchi о‘rinni egalladi.


Shuni aytib о‘tish lozimki, “Fiestalonia” Xalqaro festivali bir necha yillardan buyon tashkilotchilari tomonidan har yili dunyoning turli mamlkatlarida о‘tkazib kelinadi. Shu kunga qadar Markaziy Osiyoda faqatgina Qozog‘iston ushbu tanlovga mezbonlik qilgan. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivolantirish jamg‘armasi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda “Fiestalonia” san’at-madaniyat festivallari tashkiloti rahbari David Djaparidzening о‘zaro kelishuviga kо‘ra kegusi yilda ushbu Xalqaro festival Toshkentda о‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

О‘zDSMI Axborot xizmati