DEPUTAT VA YOSHLAR

DEPUTAT VA YOSHLAR

2019 yilning 27 sentabr kunida tasdiqlangan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ta’lim muassasalarida “Deputat va yoshlar” mavzusida davra suhbatlarini о‘tkazish rejasiga muvofiq, 13-Bahor saylov okrugi deputati Xalikulova Gо‘zal Erkinovna 241-maktabning yuqori sinf о‘quvchilari bilan “Sog‘lom jamiyatda xalq farovon, inson azizdir!” shiori ostida uchrashuv о‘tkazdi.

DEPUTAT VA YOSHLAR
Uchrashuvda deputat Gо‘zal Xalikulova mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, har bir sohadagi rivojlanish tinchligimiz va barqarorligimiz bilan bog‘liqligi, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan keng va to’g’ri foydalanish, о‘qish va jamoat ishlarida namunali bо‘lish kabi masalalarda о‘quvchilar bilan qizg‘in suhbat olib bordi.

DEPUTAT VA YOSHLAR
Uchrashuv chog‘ida deputat bilan maktabga tashrif buyurgan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bir qator iste’dodli magistrantlari turli viktorina о‘yinlari, siyosiy ongni, mutolaa madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan savollar, qiziqarli treninglar bilan о‘quvchi-yoshlarni sinovdan о‘tkazishdi.
Tadbirda faol ishtirok etgan о‘quvchilarga badiiy kitoblar va turli esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.
Uchrashuv sо‘nggida magistrant talabalar ijrosida ona Vatanimizni madh etuvchi, buyuk mutaffakkir olimlarimizni sharaflovchi she’r va go’zal qо‘shiqlar ijro etildi.
“Deputat va yoshlar” mavzusidagi mazkur uchrashuv maktab ma’muriyati, о‘quvchi va talaba yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print