VAZIR O‘RINBOSARI INSTITUT YOSHLARI SHAROITI BILAN TANISHMOQDA

VAZIR O‘RINBOSARI INSTITUT YOSHLARI SHAROITI BILAN TANISHMOQDA
Ayni daqiqalarda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov boshchiligidagi vazirlik vakillari O‘zbekiston davlat sanʼat madaniyat institutida bo‘lib, yoshlarning talabalar turar joyidagi sharoiti bilan tanishdi.
VAZIR O‘RINBOSARI INSTITUT YOSHLARI SHAROITI BILAN TANISHMOQDA
Vazir o‘rinbosari talabalar turar joyida yoshlarning dastlabki o‘qishdan olgan taassurotlari va ularni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi.
VAZIR O‘RINBOSARI INSTITUT YOSHLARI SHAROITI BILAN TANISHMOQDA
Shuningdek, 2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, institutning “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” taʼlim yo‘nalishiga grant asosida qabul qilingan talaba Rahimjonov Isfandiyor Mahmud o‘g‘li bilan suhbatlashib, unga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
VAZIR O‘RINBOSARI INSTITUT YOSHLARI SHAROITI BILAN TANISHMOQDA
Hozirgi kunda institutning talabalar turar joyida jami 550 nafar o‘g‘il-qizning yashashi uchun to‘liq sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu xonalarga uzoq hududlardan tashrif buyurgan 350 nafar talaba joylashtirilgan. Ushbu talabalar uchun yana qo‘shimcha 150 o‘rinni o‘z ichiga olgan 2 yarusli krаvatlar o‘rnatilmoqda.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print