Umumta’lim maktablarida sо‘nggi qо‘ng‘iroq

Umumta’lim maktablarida sо‘nggi qо‘ng‘iroq
25 may kuni mamlakatimiz umumta’lim maktablarida sо‘nggi qо‘ng‘iroqlar yangrab, qariyib 438 ming nafar о‘quvchi yoshlarimiz yetuklik shahodatnomasini qо‘lga kiritadi.
Umumta’lim maktablarida sо‘nggi qо‘ng‘iroq
Shu munosabat bilan Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga tabrik yо‘lladi. –“Avaalo, barchangizni beg‘ubor о‘quvchilik yillaringizni ortda qoldirib, qadrdon maktabingiz, ustozlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yanada mas’uliyatli bosqichiga qadam qо‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman”,- degan samimiy tilaklar bor davlatimiz rahbarining tabrigida. –“Bu nafaqat siz, aziz farzandlarimiz, balki biz-ota-onalar, ustoz-murabbiylar uchun ham g‘oyat quvonarli va hayajonli voqeadir”.
Umumta’lim maktablarida sо‘nggi qо‘ng‘iroq
Maktab bitiruvchilarining ana shunday quvonchli onlariga sherik bо‘lish, ularnig qalblariga yanada quvonch ulashish maqsadida, bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilari umumta’lim maktablarida bо‘lishdi.
Umumta’lim maktablarida sо‘nggi qо‘ng‘iroq
25 may kuni erta tongdan institut rektori,filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 36-umumta’lim maktabi bilan institut o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida ushbu ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, о‘quvchilarni “sо‘ngi qо‘ng‘iroq” bilan muborakbod etdi.
Umumta’lim maktablarida sо‘nggi qо‘ng‘iroq
Ularga kelgusi hayotlarida oldilariga qо‘ygan maqsadlariga erishish, oliy о‘quv yurtiga kiradimi, biror kasb egasi bо‘ladimi yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uchun kerakli insonlar bо‘lib yetishishlarida omadlar tiladi. Madaniyat, san’at yо‘nalishlari bо‘yicha kelgusida о‘qishni davom ettirmoqchi bо‘lgan о‘g‘il-qizlarni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat istitutiga о‘qishga taklif qildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print