MADANIY MEROSNI ASRASH BORASIDA О‘ZBEKISTONDA О‘ZGACHA YONDASHUV BOR

MADANIY MEROSNI ASRASH BORASIDA О‘ZBEKISTONDA О‘ZGACHA YONDASHUV BOR

Xabaringiz bor, sо‘lim surxon vohasining markazi Termiz shahrida bо‘lib о‘tayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga dunyoning kо‘plab mamlakatlaridan fol’klorshunos olimlar, qiziquvchilar hamda san’atning turli yо‘nalishlaridagi ijodkorlar tashrif buyurishdi.
Mana shu festival doirasida yurtimizga tashrif buyurgan bir guruh xorijlik mutaxassislar bilan 8 aprel kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutda ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Livan Xalqaro qо‘g‘irchoq festivali direktori Karim Dakroub, Meksikalik taniqli prodyuser Valdivia Media, Chexiya Xalqaro festivallar tashkiloti direktori El Magxrabiova Sara hamda Makedoniyalik musiqashunos о‘qituvchi Ilik Blagikalar ishtirok etishdi.

MADANIY MEROSNI ASRASH BORASIDA О‘ZBEKISTONDA О‘ZGACHA YONDASHUV BOR
– Termizdagi Xalqaro baxshichilik festivalining ochilish marosimi menda katta taassurot qoldirdi, – dedi Ilik Blagika. – Kо‘rib turibmanki о‘zbekona ananalar, urf-odatlar Makedoniyanikiga juda о‘xshash. Albatta bizni bog‘lab turuvchi kо‘plab voqealar bor. Axir makedoniyalik buyuk Aleksandrning ayoli Roksana о‘rta Osiyolik bо‘lgan. О‘ylaymanki bunday о‘xshashliklar ikki davlat san’at va madaniyatining uyg‘unligidan, kelajakda о‘zaro hamkorlikda qilinadigan ishlar samarasidan dalolat beradi.

MADANIY MEROSNI ASRASH BORASIDA О‘ZBEKISTONDA О‘ZGACHA YONDASHUV BOR
Institut rektori Ibrohim Yuldashev bilan bо‘lib о‘tgan о‘zaro uchrashuv davomida baxshichilik san’ati tarixi, uning kelajagi va Termizdagi festivalning ahamiyati xususida fikr alamashilib, kelajakda Livan, Chexiya va Makedoniyadagi san’at va madaniyat muassasalari bilan aynan fol’klorshunoslik hamda baxshichilik san’ati bо‘yicha о‘zaro aloqalarni о‘rnatish mumkunligi xususida gapirib о‘tildi.

MADANIY MEROSNI ASRASH BORASIDA О‘ZBEKISTONDA О‘ZGACHA YONDASHUV BOR MADANIY MEROSNI ASRASH BORASIDA О‘ZBEKISTONDA О‘ZGACHA YONDASHUV BOR MADANIY MEROSNI ASRASH BORASIDA О‘ZBEKISTONDA О‘ZGACHA YONDASHUV BOR MADANIY MEROSNI ASRASH BORASIDA О‘ZBEKISTONDA О‘ZGACHA YONDASHUV BOR
– Bugun butun dunyoda xususan bizning mamlakatda ham taraqqiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda о‘tmish ananalari hamda tarixiy uruf odatlarga bо‘lgan e’tibor susayayotgandek nazarimda, – deydi livanlik Karim Dakroub. – Meni xursand qilgani, О‘zbekistonda bu borada о‘zgacha yondashuv borligi va о‘tmish san’at durdonalariga bо‘lgan e’tiborning kuchliligi bо‘ldi. Bugun kо‘rdimki mamlakatingizda madaniy me’rosni asrash va uni targ‘ib qilishda katta ishlar amalga oshirilmoqda. О‘ylaymanki bu tashabbus dunyoning boshqa nuqtalariga ham о‘z ta’sirini о‘tkazadi.
Shuningdek tashrif chog‘ida xorijlik mutaxassislar ishtirokida talabalar uchun о‘quv-amaliyot darslari va seminarlar tashkil etildi.

MADANIY MEROSNI ASRASH BORASIDA О‘ZBEKISTONDA О‘ZGACHA YONDASHUV BOR

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print