Muhim seminar

Muhim seminar

Kuni kecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev 2020 yil fevral oyidagi “Vokal san’ati” yо‘nalishi tinglovchilariga Prezident Murojaatnomasi yuzasidan seminar о‘tkazdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Murojaatnomada keltirilgan masalalar jumladan, 2019 yil yakunlari tо‘g‘risida va 2020 yilgi ustuvor yо‘nalishlar – ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish rejalari muhokama qilindi. Professor-о‘qituvchilarni eng qiziqtirgan masalalardan biri “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar va о‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuborilishi bо‘ldi. Shuningdek, kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar kо‘paytirilishi va tadqiqot yо‘nalishlari kо‘lami kengaytirilishi tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Ibrohim Yuldashev murojaatnomaning boshqa bandlarida keltirilgan – iqtisodiyot tо‘g‘risida, ya’ni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyani jilovlash, tarmoqlarni monopoliyadan chiqarish, bank sohasidagi va ijtimoiy islohotlar, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklari tо‘g‘risidagi, umuman, qishloq xо‘jaligi, turizm, sport va ekologiya, davlat sektoridagi islohotlar va korrupsiyaga qarshi kurashish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham tо‘xtalib о‘tdilar.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati