“Til borki, millat barhayot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

“Til borki, millat barhayot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat markazi hamkorligida “Til borki, millat barhayot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bо‘lib о‘tdi.
“Til borki, millat barhayot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Konferensiyada qadim va boy tilimizning bugungi holati,ona tili ta’limi masalalari, shevalar va badiiy til tadqiqi,turkiy tillarning mushtarak muammolari, tarjima jarayonini maqbullashtirish, til tarixi hamda istiqboli bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
“Til borki, millat barhayot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Anjumanda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev ishtirok etdi va “Til-eng buyuk milliy qadriyat” mavzusida ma’ruza qildi.
ZOOM dasturi orqali о‘tkazilgan, Turkiya,Ozarbayjon,qo‘shni davlatlardan mutaxassislar,tarjimon,shoir,yozuvchi va tadqiqotchilar, mamlakatimizning qator vazirliklari vakillari, 10 dan ortiq oliy о‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan xalqaro konferensiyada “Mushtarak til, mushtarak muammolar”, “Tilimiz ravnaqi yо‘lida”, Abdurauf Fitratning “О‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asari va uning turk tiliga tarjimasi”, CHо‘lponning “Yorqinoy” pyesasida xotin-qizlar masalasi singari qator mavzularda ma’ruzalar qilindi.
“Til borki, millat barhayot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining maslahatchisi, filologiya fanlari doktori, professor Ma’rufjon Yо‘ldashevning “Ma’naviy vatan” mavzusidagi ma’ruzasi о‘ziga xosligi bilan ajralib turdi. Turkiy oliy ta’lim tizimida о‘zbek tilining о‘qitilishi, о‘zbek tilining izohli lug‘atini yangilash jarayonlari, о‘zbek xalq dostonlarida urf-odatlarning о‘rni, о‘zbek xalq ertaklarida sehrli buyumlar poetikasi kabi masalalar anjuman diqqat markazida bо‘ldi.
“Til borki, millat barhayot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
О‘zaro ochiq muloqot asnosida о‘tgan konferensiya materiallari tez kunlar ichida alohida elektron kitob sheklida ishtirokchilarga tag‘dim qilinadi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print