“ENG GULLAGAN YOSHLIK CHOG’IMDA…”

"ENG GULLAGAN YOSHLIK CHOG'IMDA..."

TALABALIK – OLTIN DAVR, deyishadi. Bu davrning beg‘ubor onlari, bebaho davrlari, shо‘xliklari va о‘ziga yarasha qiyinchiliklari sira xotiradan chiqmaydi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida “Teatr san’ati” fakulteti 1-kurs talabalarining “TALABALIK QASAMYODI” katta marosimi bо‘lib о‘tdi.

"ENG GULLAGAN YOSHLIK CHOG'IMDA..."
Tadbir avvalida institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev sо‘zga chiqib, yoshlarni talabalikka qabul qilinganliklari bilan samimiy muborakbod etdilar. Yoshlarga yaratilayotgan turli imkoniyatlar, ijodiy sharoitlar, ta’lim sifatini yanada oshirish borasida qilinayotgan samarali dasturlar borasida sо‘zladilar. Sо‘ngra, marosim an’anasiga kо‘ra Oltin kalitni bu yilgi ijodiy imtihonlar davrida eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi talabasi Asror Sadriddinovga topshirildi, barcha 1-kurs talabalari guvohnomani qabul qilishdi hamda shukuhli lahzalar “Talabalik qasamyodi”ni birgalikda baralla aytishdi.

"ENG GULLAGAN YOSHLIK CHOG'IMDA..."
Shundan sо‘ng, marosimning baiiy qismi boshlandi. Unda etyud, pantomima, milliy va zamonaviy raqslar, sahna kо‘rinishlari, fokus tomoshasi barchani quvnatib yubordi.

"ENG GULLAGAN YOSHLIK CHOG'IMDA..."
Ijodkor talabalar Firdavs Axtamovning “Ona” she’riy kompozitsiyasi, Maftuna Ahmadaliyevaning “Xayolparast qiz” etyudi, “Qо‘g‘irchoq teatr aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi talabalarining qо‘g‘irchoq raqsi, Doston Valijonov va boshqa dо‘stlarining plastik harakatlari professional tarzda ijro etildi. Ayniqsa, marosimning final qismida “Estrada aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi talabasi Obidjon Bekjonovning fokus ijrolari barchani lol qoldirdi. Gitaradagi mayin о‘sha qalblarga yaqin “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” qо‘shig‘i Hojiakbar Tojiboyev ijrosida gо‘zal jarang topdi. Mehmonlar sahnada estrada san’atining betakror namunalaridan bahramand bо‘lishdi. Fakultet dekani Anvar Qurbonov, professor Isoqtoy Jumanovning say-harakatlari bilan iste’dodli talabalarning namoyish etilgan ijodiy ishlari tinimsiz qarsaklar ostida qoldi.

"ENG GULLAGAN YOSHLIK CHOG'IMDA...""ENG GULLAGAN YOSHLIK CHOG'IMDA..."
Barcha talabalarga kelgusi о‘qishlarida omadlar tilaymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot kotibi

image_pdfimage_print