Talabalar forumi

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

26 yanvar – 8 fevral kunlari Toshkent shahrida yoshlar о‘rtasida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar о‘tkazilmoqda. 8 fevral kuni Toshkent shahridagi “Botanika bog‘i”da yoshlar о‘rtasida navbatdagi ommaviy-madaniy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirda Toshkent shahrida joylashgan Oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan she’riyat kechasi va “Bahru bayt” tadbirlari, issiqxonada kо‘chat ekish bо‘yicha master klass, kompyuter dasturchilari tomonidan noutbukda yangi yoshlar harakatining logotopini yaratish jarayoni, Milliy kurash sport turi bо‘yicha talabalar о‘rtasida musobaqa, Milliy harakat о‘yinlari (chillak, arqon tortishuv) bо‘yicha musobaqa, yoshlar о‘rtasida “Bо‘lajak shifokor” tibbiy-profilaktik tadbir, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodkor talabalarining spektakl va boshqa turdagi sahna kо‘rinishlari, ommaviy tomoshalar namoyishi, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalari bо‘yicha kо‘rgazmali chiqishlar, Milliy va simfonik cholg‘u ansambllari ijrosida iqtidorli talabalar konsert dasturlari, Farmasevtika yо‘nalishida tabiiy dorivor о‘simliklar bо‘yicha laboratoriya ishlarini gerbariy, “Yosh ekologlar”, “Yosh biologlar”, “Yosh tabiatshunoslar”, “Yosh tuproqshunoslar”, “Yosh agronomlar” nomli dala amaliyoti kabi kо‘plab tadbirlar namoyish yetildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Tadbirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari ham faol ishtirok yetib, dala sharoitida tomoshabinlar uchun tasviriy san’atdan master klasslar tashkil etishdi.
Ijodkor talabalarning spektal va boshqa turdagi sahna kо‘rinishlari namoyishini, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalari bо‘yicha kо‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print