О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

“Turandot” spektakli mutaxassislarga manzur bо‘ldi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Estarada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi professori Temur Rashidov rahbarligida “Estrada aktyorligi san’ati” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabalarining taniqli italiyalik yozuvchi Karlo Gotsi asari asosida “Turandot” spektakli 11 mart kuni mutaxassislar uchun maxsus namoyish etildi. Quyida tomoshaga tashrif buyurgan mutaxassislarning fikrlarini havola etamiz.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
“Pedagog Temur Rashidovning topilmalari hatto professional teatrlarda ham qо‘llanilmagan. “Turandot” spektaklida katta zamonaviy yondashuv bor, bu teatr san’atida Yevropa va Rossiya tajribasida kо‘rinadi. Eng avvalo, kurs rahbari о‘z topilmalariga talabalarni ishontira olgan, spektakl g‘oyasini avangard uslubda olib chiqqan. Buni respublikamizning barcha teatrlariga tadbiq qilsa bо‘ladi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida musiqali teatr san’atining kamchiliklari kuzatilayotgan bir davrda estrada san’atining yorqin namoyishini kо‘rdik. Men shaxsan professor Temur Rashidovni katta ijodiy asar bilan tabriklayman!
Spektaklda o‘ziga yarasha biroz kamchiliklar ham bor, aktyorlar sо‘zlar ustida ishlashlari lozim. Ijodiy guruhga muvaffaqiyatlar tilayman!”

Mirza Azizov
О‘zbekiston xalq artisti

“Men bunday spektaklni Germaniyada kо‘rgandim. Rejissyor tomoshabinga yetkazmoqchi bо‘lgan fikrni jonli sо‘z bilan, jonli sо‘zdan ham kо‘ra sahna ornamenti va improvizatsiyalar, aktyorlarning xatti-harakatlari orqali yetkazilgan.


Rejissyor Temur Rashidov “Turandot” orqali G‘arb san’atini chuqur о‘rgangani kо‘rindi. Ezgulikka yetkazadigan yо‘l, ayanchli, shafqatsiz shu bilan birga, g‘aroyib va beqiyos ekani tomoshabinni hayratga solmay qо‘ymaydi. Mazkur asar О‘zbekistonning xalqaro hamkorlik natijalari sifatida G‘arb va Sharq san’ati mushtarakligini kо‘z о‘ngingizga keltiradi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Taniqli italyan dramaturgi Karlo Gotsining qachonlardir Yevgeniy Vaxtangov postanovkalarida italyan komediyasi Shahzoda Kalafning malika Turandotga izhorlarini tomoshabinga о‘sha ruh bilan yetkaza olganligi yosh rejissyor Temur Rashidovni ijodiy va pedagogik yutug‘i deb hisoblayman!”

Sayyora Tо‘ychiyeva
О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,
taniqli shoira.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
“Turandot” spektakli kelgusida xalqaro doiradagi takliflar asosida xorij mamlakatlarida namoyish etiladi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti iste’dodli talabalarining mahorati va ijodiy salohiyati bundanda yuksak chо‘qqilarga erishaversin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati