SIRDARYODA MADANIYAT VA SAN’AT KUNI TASHKIL ETILDI

SIRDARYODA MADANIYAT VA SAN’AT KUNI TASHKIL ETILDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ma’naviyatimizga beriladigan e’tibor kelajak avlodni yetuk qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi xususida gapirib, mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Biz buning uchun mablag‘ va vaqtni ayamaymiz, bor imkoniyatimizni ishga solamiz degan fikrni ilgari surgan edi.
Davlatimiz rahbarining yoshlarni madaniyat muassasalariga jalb etish borasida belgilab bergan vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12 mart kuni О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda О‘zMTRK hamkorligida “Sirdaryoda madaniyat va san’at kuni” tashkil etildi.

SIRDARYODA MADANIYAT VA SAN’AT KUNI TASHKIL ETILDI
Unda respublikamizning qator nufuzli madaniyat va san’at muassasalari rahbarlari xususan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yuldashev, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi rektori SH. Tо‘xtasinov, Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi direktori B. Qurbonov hamda qator ziyolilar, xalqimiz suygan san’atkorlar ishtirok etishdi.

SIRDARYODA MADANIYAT VA SAN’AT KUNI TASHKIL ETILDI
Loyiha doirasidagi ilk uchrashuv Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida Yoshlarni madaniyat muassasalariga jalb etishga doir manaviy-tarbiyaviy mavzuda bо‘lib о‘tdi.
Tadbir davomida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori I.Yuldashev tomonidan “Harakatlar strategiyasi va manaviy yuksalish” mavzusida maruza tinglandi.

SIRDARYODA MADANIYAT VA SAN’AT KUNI TASHKIL ETILDI SIRDARYODA MADANIYAT VA SAN’AT KUNI TASHKIL ETILDI
Uchrashuvga Guliston davlat universiteti talaba yoshlari hamda о‘rta ta’lim muassasalarining malaka oshirish о‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Mehmonlarni muzey ilmiy xodimi A. Yuldashev muzey bо‘limlaridan joy olgan kо‘rgazma va eksponatlar bilan yaqindan tanishtirdi.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print