Davra suhbati

Davra suhbati

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish va “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bо‘yicha yо‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi a’lo darajada ta’minlanmoqda.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani prokroturasi bilan hamkorlikda institut professor-о‘qituvchilari va xodimlari uchun “Korrupsiya – Milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida davra suhbati bо‘lib о‘tdi.
Xalq ijodiyoti fakulteti talabalari va professor-о‘qituvchilari о‘rtasida Mirzo Ulug‘bek tumani IIB VE va YOО‘XPTEG xodimlari bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi. Ushbu seminarlar natijasida talabalar va professor-о‘qituvchilar о‘rtasida sog‘lom muhit yaratilmoqda. Bundan tashqari Mirzo Ulug‘bek tumani 5-sonli IIB muntazam ravishda talabalar va professor-о‘qituvchilar о‘rtasida tadbirlar tashkil etib borilmoqda.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Shu bilan birga, institutda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Korrupsiyasiz soha” tо‘g‘risidagi yо‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi xodimlari va institut rahbariyati tomonidan talabalar bilimlarini baholash jarayonini tahlil qilish, reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini aniqlash maqsadida talabalardan sо‘rovnoma о‘tkazildi.
ARMda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan institut Xotin-qizlar qо‘mitasi raisi Matluba Isoqova boshchiligida talaba-yoshlar bilan davra suhbati о‘tkazildi. Kо‘plab ma’lumotlar keltirilib, shaffof о‘quv davri borasida korrupsiyasiz ta’lim borasida fikrlar almashildi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print