“Ruhiyat tasvirlari” “Yolg‘iz ona”

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Zulmat qoplaganda zaminni darhol,
Oftob nurlarini samodan sо‘rdim.
Hislarim marjondek sochildi uvol,
Bir chiroq tutvolgan onani kо‘rdim.
Uning yuzi mas’um, kо‘zlari bejo,
Shirin mehr istab yonar qalblari.
Dunyoda muhabbat onada, ammo
Ummondek toshmoqda uning dardlari.
Ey farzand, onaning sochlari oppoq,
Avayla har lahza, qadrini bilgin.
Aslida bolaning vasliga mushtoq,
Bir ona о‘tadi yolg‘iz va xorg‘in.

Dostonbek RAHMATULLAYEV

image_pdfimage_print